• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoda yolg‘on xabarlar yo‘qoladi, shaharlar qarovsiz qoladi, qaytaga ishlash shart bo‘lmaydi. Saxo Bank 2021-yil uchun “hayratga soluvchi bashoratlar”ni e’lon qildi

    Daniyaning Saxo Bank investitsiya banki 2021-yil uchun “hayratga soluvchi prognozlar”ni e’lon qildi. 18 yildan buyon e’lon qilib kelinadigan bashoratlarni bankning o‘zidagilar “moliyaviy bozorlarga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ehtimoldan uzoq hodisalar” deb ataydi. Bank an’anaviy tarzda 10 ta prognozni e’lon qiladi, Meduza ulardan e’tiborga eng loyiq bo‘lganlarini tanlab oldi.

    Foto: LETA

    Foto: LETA

    Blokcheynning rivojlanishi soxta yangiliklarga nuqta qo‘yadi

    2021-yilda hatto yaxshi obro‘ga ega yangilik yetkazuvchilarga nisbatan ishonchning yo‘qolishi darajasi ham keskinlashadi, buning natijasida yirik mediakompaniyalar va ijtimoiy tarmoqlar yolg‘on xabarlarga qarshi jiddiy choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi. Yangiliklar kontenti umumiy blokcheyn-tarmoqqa birlashtiriladi, u yangiliklarning ishonchliligini asl manbaning o‘ziga qadar tekshirish imkonini beradi. Ko‘chirib yozishda mazmunga kiritilgan har qanday o‘zgarishlarni ham tekshirish mumkin bo‘ladi. Twitter va Facebook o‘zlarini tekshiruvchi organlar tomonidan bo‘ladigan tanqid va qo‘shimcha nazoratdan himoya qilish uchun yangi texnologiyaga anchagina mablag‘ kiritadi. Shu sababli QAnon kabi fitna nazariyalari yoki koronavirus pandemiyasi haqidagi dezinformatsiya bu platformalardan tezlikda yo‘qoladi.

    Amazon Kiprga ko‘chib o‘tadi

    2021-yil yirik texnologik kompaniyalar hamda korporatsiyalar tobora ko‘proq qudratga ega bo‘lib, o‘ta kam soliq to‘layapti, degan fikrda bo‘lgan hukumatlar o‘rtasidagi ishonchsizlikni chuqurlashtiradi. Amerikalik mansabdorlar tomonidan ziddiyat o‘sib borishi tufayli Amazon bosh qarorgohini Kiprga ko‘chiradi. Yalpi ichki mahsuloti Amazon’ning AQShdan tashqaridagi daromadlaridan to‘rt marta kamroq bo‘lgan orolning hukumati mamlakat tashqi qarzini kamaytirishga yordam beradigan katta-katta soliq tushumlaridan mamnun bo‘ladi. Hatto Kipr hukumati Amazon maslahatchilari rahbarligida soliq qonunchiligini qayta yozib, daromad solig‘i stavkalarini pasaytirishi mumkin, bu esa aholi tomonidan ijobiy qarshi olinadi. Ammo Yevropa regulyatorlari Amazon’ni o‘z xatti-harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga, Kiprni esa soliq qonunchiligini Yevroittifoq me’yorlariga muvofiqlashtirishga majbur qiladi. Ayni vaqtda AQSh va boshqa mamlakatlar ham onlayn-monopoliyaga hujum boshlaydi.

    Shartsiz tayanch daromad megapolislarning qarovsiz qolishiga olib keladi

    Pandemiyaning iqtisodiyotga ta’siri tengsizlikning kuchayishiga va inqiroz tufayli ish o‘rinlarining ommaviy yo‘qotilishiga olib keldi. Jamiyatning turli qatlamlari orasidagi aloqaning butunlay yo‘q bo‘lishiga hamma joyda umumiy tayanch daromadni joriy qilish orqali yo‘l qo‘ymaslik mumkin, ya’ni pandemiya paytida hukumatlar tomonidan fuqarolarga vaqtinchalik ko‘rsatiladigan moliyaviy ko‘mak yangi doimiy voqelikka aylanadi. Bu hamma joyda uydan ishlashning keng tarqalishi bilan birgalikda ishchi kuchining geografik jihatdan qayta taqsimlanishiga olib keladi: odamlar endi pul orqasidan katta shaharlarga ko‘chib o‘tishi kerak bo‘lmaydi. Buning natijasida ofis binolari narxi keskin tushib keta boshlaydi — ayni vaqtda avval ofis ishchilariga xizmat ko‘rsatgan do‘kon va restoranlarga ehtiyoj ham pasayadi. Professional ishchilar shaharlarni tark eta boshlaydi, chunki ishga joylashish imkoniyati kamayadi. Shu bilan birga, uy-joylarning baland narxlari va jinoyatlar sababli megapolislarning jozibadorligi ham kamayadi.

    COVID-19’ga nisbatan muvaffaqiyatli emlash ko‘plab kompaniyalarni yo‘q qilib yuboradi

    Korporativ qimmatli qog‘ozlarning daromadliligi so‘nggi yillarda tarixiy minimumda turibdi — bunga AQSh va Yevroittifoq tomonidan olib borilayotgan past foiz stavkalari siyosati sabab bo‘ldi. Shu tufayli investorlar serdaromadroq va albatta riski ko‘proq aktivlarga o‘tishni boshladi. Koronavirusga nisbatan samarali vaksinani kutish riskka moyillikni qo‘llab-quvvatlamoqda — iqtisodiyot juda tez qayta tiklanishi va o‘sishi taxmin qilinmoqda. Ammo bu juda tezlik bilan bozorning ortiqcha qizib ketishiga va inflyatsiya o‘sishiga olib keladi, buning natijasida AQSh Federal zaxira tizimi moliyalashtirish shartlarini keskin kuchaytiradi. Bu ko‘p sonli korporativ defoltlarga sabab bo‘ladi. Birinchi bo‘lib chakana oflayn-savdo sektoridagi eng ko‘p qarzga botgan kompaniyalar jabr ko‘radi.

    Termoyadro energetikasidagi inqilob butun dunyoda yashash darajasining keskin o‘zgarishiga olib keladi

    2021-yilda sun’iy aqlning takomillashtirilgan algoritmlari plazma fizikasi sohasidagi eng murakkab masalalarni yecha olish darajasiga yetadi, bu yadroviy sintezdan tijorat maqsadida foydalanishni boshlash imkonini beradi. Sun’iy aql sharofati bilan Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari energetika sohasida so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta yangilikni amalga oshiradi. Ommaviy investitsiyalar atigi bir necha yil ichida termoyadro sintezi konstruksiyasini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Yangi energiya manbai suv va oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosini hal qiladi, transport va avtomatlashtirish texnologiyalarini arzonlashtiradi, bu esa shunga olib keladiki, keyingi yosh avlodda ishlashga bo‘lgan katta ehtiyoj yo‘qoladi. Termoyadro energiyasidan foydalanish har bir mamlakatga oziq-ovqat va energetika jihatidan mustaqillikni ta’minlash imkonini beradi, bu insoniyat tarixida yashash darajasining eng katta ko‘lamda oshishiga turtki bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • IHTT: Jahon iqtisodiyoti 2021-yilda pandemiyadan oldingi darajaga yetadi
    • O‘zbekistonning jami davlat qarzi 2021-yilda 28,4 mlrd dollarga yetishi mumkin. Moliya vazirligi buni xavfsiz darajada deb hisoblamoqda
    • 2021-yilgi O‘zbekiston davlat budjeti defitsit bilan qabul qilinishi kutilmoqda

    10.12.2020, 07:54   Izoh (0)   33331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada koronavirusga qarshi kurashda chegaralarni yopish samara bermay qo‘yganligi aytildi

    10.12.2020, 07:22

    Estoniyada barcha ta’lim muassasalari vaqtinchalik yopiladi

    10.12.2020, 07:07

    “Qo‘shin generalni oldingi chiziqda ko‘rsa, qattiqroq jang qiladi”. Ilon Mask nima uchun Kaliforniyadan Texasga ko‘chib o‘tganini tushuntirdi

    10.12.2020, 06:36

    Erdo‘g‘on Tog‘li Qorabog‘dagi urush tugashi sharafiga uyushtiriladigan harbiy paradda ishtirok etish uchun Bokuga tashrif buyurdi

    09.12.2020, 23:26

    Rossiya Davlat dumasi mamlakatning sobiq prezidentlariga qonunni buzishga imkon beruvchi qonunni qabul qildi

    09.12.2020, 23:11

    Fransiya prokuraturasi sobiq prezident Nikolya Sarkozini 4 yilga hukm qilishni talab qildi

    09.12.2020, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.