UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasi 6-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘xatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra to‘rt nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Ular qatoridan “Shaxtyor”ning 19 yoshli darvozaboni ham o‘rin oldi.
- Neymar (PSJ) — “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi o‘yinda (5:1) uchta gol;
- Karim Benzema (“Real”) — “Borussiya M”ga qarshi bahsda (2:0) ikkita gol;
- Yussuf an-Nesiri (“Sevilya”) — “Renn”ga qarshi uchrashuvda (3:1) ikkita gol;
- Anatoliy Trubin (“Shaxtyor”) — “Inter”ga qarshi bellashuvda (0:0) to‘rtta seyv.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)