Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 11-turida “Chelsi” 5-dekabr, shanba kuni “Lids”ni qabul qildi.
Dastlab mehmonlar 4-daqiqadayoq Patrik Bemfordning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga maydon egalari 27-daqiqada Olivye Jiruning goli bilan javob qaytardi.
61-daqiqada Kurt Zuma londonliklarning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Kristian Pulishich yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa “Chelsi” ochkolarini 22 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Marselo Byelsa qo‘l ostidagi “Lids” (14) esa 12-pog‘onada qoldi.
APL
11-tur bahsi
5-dekabr, shanba
“Chelsi” — “Lids” 3:1
Gollar: 0:1 – 4 Bemford, 1:1 – 27 Jiru, 2:1 – 61 Zuma, 3:1 – 90+3 Pulishich.“Chelsi”: Mendi, Jeyms, Zuma, Chiluell, Tiago Silva, Haverts (Kovachich, 67), Kante, Maunt, Ziyosh (Pulishich, 30), Verner, Jiru (Abraham, 79).
“Lids”: Mele, Dallas, Eyling, Kuper, Kox (Lyorente, 9), Harrison (Poveda, 57), Klix, Rafinya, Fillips, Alioski (Rodrigo, 69), Bemford.
Ogohlantirish: Lyorente (74).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)