Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 2020-yilgi mavsumi ortda qoldi.
Unga ko‘ra, “Paxtakor” jamoasi 13-marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Nasaf” va OKMK jamoalari kuchli uchlikdan joy oldi.
Shu tariqa Shota Arveladze jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Nasaf” esa OFK Kubogi ishtirokchisiga aylandi.
Agar O‘zbekiston Kubogi “Paxtakor” yoki “Nasaf”ga nasib etadigan bo‘lsa, qarshiliklar o‘z yurishini Chempionlar Ligasining saralash bosqichidan davom ettiradi. Bu holatda agar “Nasaf” Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqa olsa, u holda OFK Kubogi yo‘llanmasi OKMKga nasib etadi. Aks holda “ajdarlar” OFK Kubogida ishtirok etadi va Olmaliq klubi xalqaro maydonda ishtirok eta olmaydi.
So‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritgan “Buxoro” Pro-Ligaga ravona bo‘ldi. Uning o‘rniga kelasi mavsumda “Turon” harakat qiladi.
13-pog‘onani band etgan “Andijon” jamoasi Superligaga yo‘llanma beruvchi o‘tish o‘yinida Pro-Liga vitse-chempioni “Neftchi” bilan kuch sinashadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)