Millatlar Ligasining A ligasi guruhlarida g‘olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun kurashni davom ettiradi. 3-dekabr kuni UEFA qarorgohida musobaqaning yarim finaliga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, Italiya terma jamoasi 2021-yilning 6-oktabrida Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Milandagi “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fransiya terma jamoasi Belgiya bilan o‘ynaydi.uchrashuv 7-oktabr kuni Turindagi “Alyans Stedium”da o‘tkaziladi.
Final uchrashuv 10-oktabrga mo‘ljallangan.
Millatlar Ligasi
½ final bahslari
6-oktabr
Italiya — Ispaniya
7-oktabrFransiya — Belgiya
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)