Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlash qaroriga qanday kelgani haqida gapirdi.
Jangga qadar deyarli hech kim faoliyatimni yakunlamoqchi ekanimni bilmasdi. Bu qarorni qabul qilish juda qiyin bo‘ldi. Men butun umr shu bilan shug‘ullandim, juda ko‘pchilik hali qo‘l urmagan ishi bilan shug‘ullanishga qo‘rqadi. Ketishim haqida gap-so‘zlar bo‘lgan, biroq sanoqli kishilargina bundan xabardor edi.Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.Yutqazgan taqdirimda ham qarorim o‘sha-o‘sha bo‘lardi. Men hech qachon mag‘lub bo‘lganlar qatorida bo‘lmaganman, bunga reaksiya qanaqa bo‘lishi bilmaysan. Mag‘lubiyat haqida hatto o‘ylamasdim ham.
Shundan keyin bir nechta musobaqalarga bordim, yana jang qilish istagi bor va bu menda yashaydi. Chempionlar keladi, almashadi va men o‘zimni ular bilan solishtiraman. Bu har doim hayolimda turadi.
Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)