“Yuventus” Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida kechgan bahsda “Dinamo Kiyev”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turinliklarning gollaridan biriga Krishtianu Ronaldu muallif bo‘ldi. Bu portugaliyalik futbolchi uchun Chempionlar Ligasi uy o‘yinlarida urilgan 71-gol bo‘ldi. Bu borada Ronaldu “Barselona” forvardi Lionel Messining rekordini (70) ortda qoldirdi.
Bundan tashqari bu Ronaldu faoliyatidagi 750-gol bo‘ldi. Hujumchi ularning 450 tasini “Real” safida urgan: “Manchester Yunayted” — 118, Portugaliya terma jamoasi — 102, “Yuventus” — 75, “Sporting” — 5.
“Barselona” (15 ochko) va “Yuventus” (12) so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash keladi va birinchi o‘rin masalasiga oydinlik kiritadi. “Dinamo K” (1) va “Ferensvarosh” (1) esa Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)