Ijtimoiy tarmoqlarda ikkita baklajkaga solingan suyuqlikning havo kompressori ta‘siri ostida biqirlab qaynayotgani va ulardan chiqayotgan gaz yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Video muallifi idishlardan birida oddiy suv, ikkinchisida esa benzin borligini, ikkala idishdagi suyuqlikdan chiqayotgan gaz yonayotganini aytgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati mazkur videoga izoh berdi va bu ish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi.
Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Uning muallifi bu ixtironi uyni isitish maqsadida tavsiya etadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarimizdan ushbu tajribani aslo amalda qo‘llamasliklarini so‘rab qoladi. “Bu hayot va sog‘lik uchun juda xavflidir. Buning oqibatida turli ko‘ngilsiz holatlar, xususan, yong‘in va hatto portlash kabi vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin”, — dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov.
Izoh (0)