• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pyotr uchun dars bo‘lgan muhoraba. Narva jangi tarixi

    1700-yilning 30-noyabr kuni Rossiya podsholigi hamda Shvetsiya qirolligi o‘rtasida Estoniyaning Narva shahrida Shimoliy urush doirasida muhim jang bo‘lib o‘tdi. Jangda Buyuk Pyotr I hukmronlik qilayotgan Rossiya qo‘shinlari 18 yoshga ham to‘lmagan Shvetsiya qiroli qo‘shinlari tomonidan tor-mor etildi. “Daryo” mazkur jang tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Tarixiy jarayon

    Rossiya XVII asrda boshqa Yevropa mamlakatlaridan rivojlanishda ancha orqada edi. Ayniqsa, harbiy sohada. Rossiya podshosi Buyuk Pyotr esa Rossiyaning hududlarini kengaytirishni maqsad qilgan edi. Dengizdan dengizgacha shiorini ilgari surgan Pyotr Boltiq dengizi mamlakatlarini Shvetsiyadan qaytarib olishni istardi. Bu hududlar 1617-yilda Stolbovo shartnomasiga binoan qo‘ldan chiqqan edi. Pyotr xorijdan harbiy ofitserlar yollagan bo‘lishiga qaramasdan, armiyaning tayyorgarligi yaxshi emasdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shvetsiya esa yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan, zamonaviy qurollar bilan qurollangan kuchli armiyaga ega edi. Shvetsiya o‘sha paytdagi Shimoliy Yevropaning eng kuchli davlati edi, tarkibiga Germaniya shimoli, Boltiq havzasi davlatlari hamda Finlyandiya kirardi. Qirol Karl XI vafotidan keyin mamlakat taxtiga 15 yoshli Karl XII o‘tirdi.

    Yangi qirolning tajribasizligi va yoshligidan foydalanib boy berilgan hududlarni qaytarib olish maqsadida qo‘shni mamlakatlar o‘zaro birlashishga qaror qildi. Shu maqsadda Daniya, Polsha, Norvegiya, Saksoniya va Rossiya hukmdorlari o‘zaro ittifoq tuzdi va Shvetsiyaga qarshi urush qilishga kelishib oldi.

    1700-yilning yozida Daniya qiroli Frederik IV Shlezvig-Golshteynni egallab oldi. Saksoniya armiyasi esa Rigani qamal qildi. O‘z navbatida, 8-avgustda Karl XII Kopengagenda Daniya qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Noyabr oyiga kelib, Rossiya qo‘shinlari Narva shahrini egallash maqsadida uni qamal qilishni boshladi. Karl XII esa rus qo‘shinlariga zudlik bilan zarba berib ularni bartaraf qilishga qaror qildi.

    Jangning borishi

    Narva shahridan oqib o‘tuvchi Narva daryosi bo‘yida joylashgan rus qo‘shinlari soni turli manbalarda 34 mingdan 40 minggacha bo‘lgani ko‘rsatiladi. Shvedlarning asosiy qo‘shinlari qishki qarorgohida bo‘lgani sababli qirolning qo‘shinlari soni kamchilikni tashkil etardi. 1 900 kishilik Narva qal’asidagi Narva garnizoni hamda 9 ming kishilik qirol qo‘shini ruslarga qarshi jang qilishi lozim edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    21-noyabr kuni rus qo‘shinida xiyonat yuz berdi. Asli estlandiyalik bo‘lgan kapitan Yakob Gummert Narvaga qochib kirdi va rus qo‘shinlari tarkibi va joylashuvi haqida ma’lumot yetkazdi. Pyotr esa Narvada turgan qo‘shin tarkibidagi shved millatiga mansub barcha ofitserlarni boshqa bo‘linmalarga yuborishga buyruq berdi.

    Shvedlarning yaqinlashib kelayotganini eshitgan Pyotr 29-noyabr kuni qo‘mondonlikni saksoniyalik feldmarshal, gersog De Kruaga qoldirib Novgorod shahriga jo‘nab ketdi. Bunga sabab shved asirlarining qirolning 50 ming kishilik qo‘shin bilan kelayotgani haqidagi yolg‘on xabar bo‘lgan edi.

    Rus qo‘shinlari yaqiniga kelib qolgan shvedlar 30-noyabr tundayoq yurishni boshladi. Soat tonggi 10 da ruslar shvedlarni ko‘rdi. De Krua shoshilinch majlis chaqirdi. Kengashda Sheremetov Narva qamali uchun qo‘shin qoldirib, qolgan kuchlar bilan shvedlarni qarshi olish uchun maydonga borishni taklif qildi. Gersog qo‘shinlar shvedlarga qarshi ochiq maydonda jang qila olmasligini aytib, bunga rozi bo‘lmadi. Kengash shvedlar kelguncha joydan qimirlamaslik va ularni shu yerda kutib olish haqida qaror chiqardi. Bu esa shvedlarga ustunlik olib keldi.

    Ruslar shvedlar sonini bilmas, Karl XII esa rus qo‘shinlari sonidan yaxshigina xabardor edi. Rus qo‘shinlarining markaziy qismi kuchli ekanini bilgan qirol qanotlarga hujum qilishni buyurdi. Shu orqali ularni daryoga siqib borib suvga cho‘ktirib yuborishga qaror qildi. Qo‘shinni shaxsan qirolning o‘zi boshqardi.

    Jang Kunduz soat 2 da boshlandi. Shu kuni qorbo‘ron bo‘lgani sababli ko‘rish uzoqligi 20 qadamni tashkil qilardi. Bu esa shamol yo‘nalishi bo‘ylab harakat qilgan shvedlarga qo‘l keldi va ular rus qo‘shinining jigarigacha kirib borishiga imkon berdi. Yarim soatdan so‘ng rus qo‘shinlarining uch joyida yoriqlar paydo bo‘ldi. Tezkorlik bilan harakat qilgan shvedlar rus lagerigacha kirib bordi. Ruslar orasida sarosima boshlandi. Askarlar orasida “sotqin nemislar” degan ovozlar eshitilishi oqibatida, ruslar xorijlik ofitserlarni do‘pposlay ketdi. Ko‘prik orqali chekinmoqchi bo‘lgan rus piyodalarini ko‘prik ko‘tara olmadi va askarlar suvga g‘arq bo‘ldi. Sheremetov boshliq otliqlar esa Narvaning chap qirg‘og‘i bo‘ylab chekindi va ko‘prik orqali narigi sohilga o‘tib, Pskov shahriga jo‘nab ketdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bosh qo‘mondon De Krua va boshqa bir qator xorijlik ofitserlar o‘z askarlari tomonidan kaltaklanishdan xavfsirab shvedlarga taslim bo‘ldi. Bu vaqtda rus qo‘shinlarining o‘ng qanoti shvedlarga qattiq qarshilik qildi. Chap qanot ham shvedlar hujumini mardonavor qaytarishga erishdi. Qirolning shaxsan jang maydonida ekani ham askarlar ruhini ko‘tara olmadi. Jang qorong‘i tushgan paytda tugadi. Tunda ikki tomonda ham sarosima tinmadi. Shvedlar bir-birlarini ruslar deb hisoblab o‘zaro urishib ketdi. Rus askarlari ham qo‘shinlar tarkibi saqlanganiga qaramasdan, bosh qo‘mondonning yo‘qligi sabab nima qilishni bilmay qoldi. Chap va o‘ng qanotlar o‘rtasidagi aloqa uzilib qoldi.

    Rus armiyasining taslim bo‘lishi

    Jangning ertasi kuni knyaz Yakov Dolgorukov, Avtonom Golovin, Ivan Buturlin, Sarevich Aleksandr Imeretinskiylar taslim bo‘lish haqidagi muzokaralar boshlashga qaror qildi. Dolgorukov shvedlarni rus qo‘shinlarining daryoning o‘ng qirg‘og‘iga qurollar va gerblar bilan erkin o‘tishlariga ko‘ndirdi. Ammo artilleriya va aravalar shvedlarda qolishi kerak edi. 1–2-dekabr kunlari rus qo‘shinlari daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tdi. O‘lja tariqasida shvedlar 20 mingta mushket miltig‘i va 32 ming rubl miqdorida podshoh xazinasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, 210 ta bayroqni ham qo‘lga kiritdi. Shvedlar 677 kishini yo‘qotgan bo‘lsa, 1 250 kishi jarohatlandi. Rus armiyasida esa yetti mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qoldi va jang maydonini tashlab qochdi.

    Jang natijasida ruslar katta yo‘qotishga uchradi. Karl XII ning nomi dunyoga doston bo‘lgan bo‘lsa, Pyotrning obro‘si tushib ketdi. Avstriya va Fransiya diplomatlari vositachiligida Karl bilan tinchlik sulhi imzolash uchun qilgan harakatlari besamar ketdi. Natijada, Rossiya–Saksoniya ittifoqi yuzaga keldi. Pyotr uchun mazkur jang yaxshigina dars bo‘ldi. U endi armiyani kuchaytirish va zamonaviylashtirish vaqti kelganini anglab yetdi.

    1704-yilda ikkinchi bor Narvaga yurish qilgan Pyotr endi uni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Poltava jangida esa shvedlarni mag‘lub etishga erishdi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    29.11.2020, 13:24   Izoh (0)   29591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropaning yana to‘rt mamlakatida Rojdestvo arafasida karantin yumshatiladi

    29.11.2020, 13:03

    OAV: Tramp 2024-yilgi saylovlarda qatnashishi haqida e’lon qilishi mumkin

    29.11.2020, 12:23

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 62 milliondan oshdi

    29.11.2020, 11:12

    AQShda birinchi marta sutkada 200 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    28.11.2020, 23:31

    JSST dunyo mamlakatlarini COVID-19 testlari ko‘lamini kengaytirishga chaqirdi

    28.11.2020, 20:24

    Eron o‘ldirilgan yadro fizigi uchun qasos olishga va’da berdi

    28.11.2020, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.