• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropaning yana to‘rt mamlakatida Rojdestvo arafasida karantin yumshatiladi

    Yevroittifoqning bir yo‘la bir nechta mamlakati o‘z hududlarida amal qilayotgan karantin choralarini Rojdestvo bayramlari davrida susaytirishga qaror qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

    Foto: <ex>EPA</ex>

    Foto: EPA

    Italiya

    Italiya hukumatining e’lon qilishicha, 29-noyabrdan boshlab koronavirusdan, ayniqsa, kuchli jabr ko‘rgan “qizil” hududlar — Lombardiya, Pyemont va Kalabriya “sariq” hudud deb o‘zgartiriladi (bu epidemiologik xavfning pastroq darajasi). Karantin choralarining yumshatilishi haqida Belgiya, Irlandiya va Germaniya ham ma’lum qildi.

    Italiyada Lombardiya, Pyemont va Kalabriya aholisi o‘z munitsipalitetida 5:00 dan 22:00 gacha yana erkin harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ishga, shifokor ko‘rigiga borish yoki bolalarni maktabga olib borish uchun viloyat ichida safarga chiqishga ham ruxsat beriladi. Savdo markazlarining qayta ochilishiga ruxsat beriladi, ammo bar, restoran va non do‘konlari yopiq qoladi.

    Shu bilan birga, Valle-d’Aosta viloyati, Bolsano shahri (Trentino-Alto-Adidje viloyatida joylashgan), shuningdek, Toskana, Abrutssi va Kampaniya provinsiyalari “qizil” hududligicha qoladi. Ushbu hududlarda odamlarning uydan chiqishiga muayyan shartlar bilangina ruxsat etiladi.

    Irlandiya va Belgiya

    Irlandiya hukumati ham Rojdestvo bayramlari davrida bir qator muassasa va korxonalar uchun cheklovlarni yumshatishga qaror qildi. Masalan, 1-dekabrdan do‘kon, muzey, badiiy galereya va kutubxonalar gigiyena qoidalari va ijtimoiy masofaga rioya qilish sharti bilan ochiladi. 4-dekabrdan esa restoran va barlar ham ishlashni boshlashi mumkin.

    Belgiya bosh vaziri Aleksander de Kroo ham Rojdestvo bayramlari chog‘ida do‘konlarni ochishga va’da berdi. “Mamlakatimizda vaziyat yaxshilanmoqda. Ammo shu yo‘nalishda davom etishimiz muhim”, — dedi u televideniye orqali murojaatida. Bu esa Belgiyada qisman lokdaun rejimi saqlanishini bildiradi.

    Germaniya

    Germaniyada 23-dekabrdan 1-yanvargacha, ya’ni Rojdestvo bayrami va Yangi yil arafasi nishonlanadigan davrda qoidalar biroz susaytiriladi. Shaxsiy uchrashuvlarda uy xo‘jaliklari sonidan qat’i nazar, ko‘pi bilan 10 kishi qatnasha oladi. Shuningdek, hukumat mushakbozlik qilishdan voz kechishni tavsiya etdi hamda ularni gavjum maydon va ko‘chalarda taqiqladi. Hukumat kompaniyalarni shu davrda o‘z xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishga chaqirdi. Germaniya tog‘-chang‘i kurortlari 10-yanvargacha yopiq bo‘ladi.

    Ayni paytda Germaniyada 2-noyabrdan buyon amal qilib kelayotgan cheklovlarning aksariyati saqlanib qoladi. Mamlakatda restoran, bar, teatr, kinoteatr, trenajyor zallari, sport seksiyalari, bordellar, massaj salonlari hamda ko‘ngilochar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa ko‘pchilik korxonalar yopiq qoladi.

    Ba’zi ehtiyot choralari hatto kuchaytirildi. Xususan, endi nafaqat jamoat transporti, do‘kon va savdo ko‘chalarida, balki deyarli barcha yopiq jamoat joylarida, shaharlarning markaziy hududlarida va maktablarda ham (7-sinfdan boshlab) niqob taqish majburiy bo‘ldi.

    Merkelning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada qisman lokdaun mamlakatning katta qismida kamida yanvar o‘rtalarigacha amal qilishini aytdi.

    Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada 2-dekabr kuni koronavirus tufayli joriy qilingan umummilliy karantin tugaydi va u mahalliy cheklovlar bilan o‘rin almashadi. Fransiya hukumati esa 28-noyabrdan koronavirus infeksiyasi tufayli joriy qilingan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishni boshlaydi.

    Mavzuga doir: Germaniyada koronavirus tufayli joriy qilingan karantin muddati uzaytirildi

    29.11.2020, 13:03   Izoh (0)   18922
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Tramp 2024-yilgi saylovlarda qatnashishi haqida e’lon qilishi mumkin

    29.11.2020, 12:23

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 62 milliondan oshdi

    29.11.2020, 11:12

    AQShda birinchi marta sutkada 200 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi

    28.11.2020, 23:31

    JSST dunyo mamlakatlarini COVID-19 testlari ko‘lamini kengaytirishga chaqirdi

    28.11.2020, 20:24

    Eron o‘ldirilgan yadro fizigi uchun qasos olishga va’da berdi

    28.11.2020, 17:10

    Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini butun dunyo bo‘ylab tarqatish boshlandi — OAV

    28.11.2020, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.