Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 10-turida “Manchester Yunayted” 29-noyabr, yakshanba kuni “Sauthempton” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida maydon egalari Yan Bednarekning goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib Jeyms Uord-Prouz “avliyolar”ning ikkinchi golini urdi.
Tanaffusdan keyin Ole-Gunner Sulsher shogirdlari faollikni oshirdi. 59-daqiqada Edinson Kavanining uzatmasidan keyin Brunu Fernandesh hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 74-daqiqada Kavani muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda urugvaylik futbolchi dublni rasmiylashtirgan holda jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Yunayted” ochkolarini 16 taga yetkazib olgan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Sauthempton” (17) esa 5-pog‘onada qoldi.
APL
10-tur bahsi
29-noyabr, yakshanba
“Sauthempton” — “Manchester Yunayted” 2:3
Gollar: 1:0 – 23 Bednarek, 2:0 – 33 Uord-Prouz, 2:1 – 59 Brunu Fernandesh, 2:2 – 74 Kavani, 2:3 – 90+2 Kavani.“Sauthempton”: Makkarti, Vestergor, Uoker-Piters (Nlundulu, 90), Bertran, Bednarek, Romeu, Armstrong (Diallo, 90), Jenepo (Long, 72), Uord-Prouz, Uolkott, Adams.
“Manchester Yunayted”: De Xea (Henderson, 46), Lindelyof, Telles (Uilyams, 84), Uan-Bissaka, Maguayr, Fred, van de Bek, Brunu Fernandesh, Matich, Grinvud (Kavani, 46), Reshford.
Ogohlantirish: Uord-Prouz (16).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)