Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson (50-6, 44 KO) to‘rtta divizion sobiq chempioni Roy Jonsga (66-9, 47 KO) qarshi kechgan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘ylashimcha, Jonsni mag‘lub etdim, biroq durangga ham roziman.
Nima uchun? Chunki muxlislarni kayfiyatini ko‘tardim, ishqibozlar bu jangdan zavq oldi”, — deydi Tayson.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 29-noyabr tongida Los-Anjelesda (AQSh) afsonaviy bokschilar o‘rtasida ko‘rgazmali jang o‘tkazildi. 8 raund davom etgan jangda durang natija qayd etildi.
Izoh (0)