• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “ ‘Qizil’dan chiqmaganlar yil yakunigacha ketadi”. Shavkat Mirziyoyev ish o‘rni yaratish rejasini bajarmagan hokimlar lavozimidan ozod etilishini aytdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-noyabr kuni hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir kelgusi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda davlat rahbarining ma’lum qilishicha, Sirdaryo viloyatida 10 oyda 12 mingta doimiy ish o‘rni tashkil etilgan. Natijada “temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning qariyb 90 foizi bandligi ta’minlangan. Yil rejasi 130 foizga bajarilgan.

    Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Kitob tumani, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Uchquduq, Navbahor tumanlari va Zarafshon shahrida ham ish o‘rni yaratiish bo‘yicha rejalar ortig‘i bilan bajarilgan.

    Biroq Buxoro tumanida yangi o‘rinlari yaratish rejasi 30 foizga bajarilgan. Shuningdek, Jondor tumanida ham bu borada yetarli choralar ko‘rilmagan. “Prezident shuncha ishonch bildirib, Do‘stov va Kamolovni tuman hokimi qildi. Lekin ular umuman natijaga ishlamagani uchun bugun ikkovini ham ishdan oldi, butun respublika hokimlari bilsin”, — dedi prezident.

    “Hamma bo‘yicha xulosa bo‘ladi. ‘Qizil’dan chiqmaganlar yil yakunigacha ketadi… Hokim ketdimi, ikkita tumandagi to‘rtta sektor ham ketishi kerak. Hamma harakatlarimiz xalqimizning og‘irini yengil qilish, imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Lekin biz qo‘ygan hokimlar to‘g‘ri tushunmayapti. Endi faqat odamlarni rozi qilgan tuman hokimiga orden beramiz, lavozimini ko‘taramiz. Boshqa hech qanday ko‘rsatkich bizni qiziqtirmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezidentning ma’lum qilishicha, 10 oy ichida bosh vazir qabulxonalariga 66 mingta murojaat kelib tushgan. “Ularning 80-90 foizini, mana biz tahlil qildik, tuman va viloyat darajasida hal etsa bo‘lar ekan. Bu degani, bizdagi tadbirkorlik darajasi tuman, shahar, viloyatda talab darajasida emas”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

    “Sirdaryo tumani (rahbari) Muhammadiyev yil boshida tadbirkorlar muammolarini kamaytirish bo‘yicha va’dalar bergan bo‘lsa ham, o‘z muammolari bilan murojaat qilgan tadbirkorlar soni ikki baravarga oshgan”, — dedi prezident. Shu sababli davlat rahbari Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayevga Sirdaryo tumani hokimi Muhammadiyevni o‘z lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Prezident har bir tumanda yoshlarning kichik sanoat zonasi tashkil etilishini ma’lum qildi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida rivojlanish darajasi qoniqarsiz bo‘lgan 33 ta tuman rahbarlari ishdan olinishini aytgandi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ish o‘rni yaratish bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatmagan tuman va tashkilot rahbarlari ishdan olingandi.

    Mavzuga doir: Tadbirkorlarning muammolarini hal qilmagani sababli Buxoro, Jondor va Sirdaryo tumanlari hokimlari ishdan olinadi

    25.11.2020, 08:08   Izoh (0)   23167
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusga chalingan bemorlar kamaygani sababli Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda

    25.11.2020, 07:45

    O‘zbekistonda bag‘rikenglik bo‘yicha jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi

    25.11.2020, 07:33

    Buxoroda yer maydoni ajratish evaziga tadbirkordan 22,5 ming dollar pora olgan shaxslar qo‘lga olindi

    25.11.2020, 07:22

    O‘zbekiston 2020-yil boshidan beri qancha choy import qilgani ma’lum qilindi

    25.11.2020, 07:10

    Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik vatanga olib kelindi

    25.11.2020, 06:58

    Kattaqo‘rg‘onda qalbaki 300 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    24.11.2020, 23:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.