O‘zbekiston 2020-yilning 10 oyida 24 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35 million dollarga teng 26,1 ming tonna choy import qildi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 million dollarga kam.
Qayd etilishicha, o‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagilar:
- Xitoy – 20,2 ming tonna;
- Keniya – 2,4 ming tonna;
- Vyetnam – 1,2 ming tonna;
- Eron – 697,8 tonna;
- Hindiston – 379,6 tonna;
- Indoneziya – 356,0 tonna;
- Shri-Lanka – 324,5 tonna.
Avvalroq O‘zbekistonga yog‘och va yog‘och mahsulotlari importi kamaygani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)