“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
08:22, 19.11.2020 7768

Qo‘ziqorin va quymoq qo‘shib antiqa tovuqli pirog pishiramiz

Mazasi og‘zingizda qolishi aniq.

Foto: “Gastronom”

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Un – 300 gr;
  • Tuxum — 2 dona;
  • Sariyog‘ – 60 gr;
  • Smetana — 4 osh qoshiq;
  • Soda, tuz, shakar.

Quymoq xamiri uchun:

  • Un – 100 gr;
  • Sut – 1 stakan;
  • Tuxum 1 dona;
  • Tuz, shakar;
  • O‘simlik yog‘i;

Nachinka uchun:

  • Tovuq oyoqlari 2 dona;
  • Piyoz 1 dona;
  • Sabzi 2 dona;
  • Tuz;
  • O‘simlik yog‘i;
  • Qo‘ziqorin – 400 gr;

Tayyorlanish jarayoni

  • Tovuq go‘shtini pishirib oling.
  • Yuqorida ta’kidlangan mahsulotlardan quymoq tayyorlab, pishirib oling.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada qo‘ziqorin keyin esa piyoz solib qovuring.
  • Tovuq go‘shtini mayda to‘g‘rang.
  • Sabzi va piyozni qovurib, to‘g‘ralgan tovuq go‘shtini qo‘shing,
  • Tuz va murch qo‘shing.
  • Kartoshkani artib, suvda pishirib oling.
  • Xamirga kerakli mahsulotlardan xamir qoring, ikkiga bo‘ling.
  • Xamirning birinchi qismini yupqa qilib quymoq kattaligida yoying.
  • Ustiga quymoq uning ustidan esa qo‘ziqorinli “nachinka” soling.
  • Ustidan quymoq uning ustidan tovuqli “nachinka” soling.
  • Yana quymoq bilan yopib, ustidan kartoshka va bir bo‘lak sariyog‘ soling.
  • Qolgan xamir bo‘lagi bilan ustini qoplang va tuxum surting.
  • 180 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling.
  • Pirogni issiq yoki sovuq holida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ