• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ishchi guruh O‘zbekiston aholisiga murojaat qildi

    Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi O‘zbekiston aholisiga murojaat yo‘lladi.

    Vatan mustaqilligi, xalq ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib jon fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jumladan, o‘tgan davrda ushbu yo‘nalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Yurtimizda 2001-yildan buyon har yili 31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy ta’lim muassasalari qoshida uning bo‘limlari tashkil etildi.

    Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan muhtasham haykallar, muzeylar bunyod etildi, ijod maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Siyosiy qatag‘on yillarida nohaq qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning nomlarini aniqlash, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy va hujjatli asarlar yaratilmoqda.

    Bu boradagi tarixiy ma’lumotlarni xolis va haqqoniy o‘rganish mamlakatimiz mustaqilligi qanday og‘ir va mashaqqatli kurashlar bilan qo‘lga kiritilganini, bugungi erkin, ozod va obod hayotimizni asrab-avaylab, qadrlab yashash kerakligini yanada chuqur anglashga xizmat qiladi.

    Ko‘p millatli xalqimizning fidoyi farzandlari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz hayoti va faoliyati bilan bog‘liq haqiqatni to‘la yuzaga chiqarish, ularga nisbatan tarixiy adolatni tiklash, bu boradagi ishlarning ko‘lami va samarasini oshirish maqsadida Davlatimiz rahbari yana bir xayrli va savobli ishga qo‘l urdilar.

    Prezidentimizning Farmoyishi bilan mustamlakachilik davrida qatag‘on qilingan fidoyi kishilar xotirasini abadiylashtirish, ularning hayoti va faoliyatini, ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzildi.

    Farmoyishda Ishchi guruh o‘z faoliyatini keng jamoatchilik va mutaxassislar fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda tashkil etishi lozimligi alohida uqtirilgan.

    Mana shu mas’uliyatli vazifadan kelib chiqib, aziz yurtdoshlar, sizlarga murojaat qilamiz:

    • oilangizda, mahallangizda, qishloq yoxud tumaningizda, shahringizda yashagan, qatag‘on qurboni bo‘lgan kishilar hayoti va faoliyatiga daxldor hujjatlar, ular bilan bog‘liq buyumlar, yaqin kishilaringizdan eshitgan xotiralaringiz bo‘lsa,
    • fuqarolar urushi, kollektivlashtirish davri, shaxsga sig‘inish yillari o‘z ona yurtidan quvg‘in qilingan, yaqin va uzoq xorijda yashashga mahkum bo‘lgan qarindosh-urug‘laringiz to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lsa,
    • “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” degan nohaq ayblovlar jarayonida sudlangan, jabr ko‘rgan va qurbon bo‘lgan yaqinlaringiz haqidagi materiallar bo‘lsa,
    barcha tafsilotlari, hujjat namunalari, ismi sharifi va manzillari aniq va xolis yoritilgan holda maktub va boshqa jo‘natmalar shaklida yoxud shaxsiy murojaat yo‘li bilan Ishchi guruh, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi idorasi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda uning hududlardagi oliy ta’lim muassasalaridagi bo‘limlariga yo‘llashingizni iltimos qilamiz.

    Xalq va Vatan hurriyati, mustaqillik va adolat tantanasi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan har bir vatandoshimizning ismi sharifini tiklash va xotirasini abadiylashtirishday mas’uliyatli va savobli ish barchamizning siyosiy va fuqarolik burchimiz.

    Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi

    Mavzuga doir: 

    • Sovet tarixidagi eng qora dog‘. Siyosiy qatag‘onga uchraganlarning haq-huquqlari tiklanganiga 30 yil bo‘ldi
    • Kafansiz ko‘milganlar. 4-oktabrni nega yodimizda saqlashimiz kerak?
    • Munavvar qori qanday shaxs bo‘lgan?

    12.11.2020, 20:36   Izoh (0)   20543
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ta’limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap” — Shavkat Mirziyoyev

    12.11.2020, 19:47

    O‘zbekiston Senatining 9-yalpi majlisi 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi

    12.11.2020, 19:35

    Xalq ta’limi vazirligi maktablarda sinf rahbarligi uchun to‘lovlarning oshirilgan miqdorini ma’lum qildi

    12.11.2020, 19:23

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13-noyabr kuni tuman tushishi mumkin

    12.11.2020, 19:11

    Xomashyo yetishmovchiligi tufayli faoliyatini to‘xtatgan “Xorazm shakar” mahsulot ishlab chiqarishni boshladi

    12.11.2020, 18:57

    O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2023-yilga qoldirildi

    12.11.2020, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20

    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi

    Reklama | 18 iyul, 15:00

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 16:14

    Polsha Vengriya bilan diplomatik aloqalarni qisqartirdi

    Dunyo | 18 iyul, 16:12

    Britaniyalik olimlar Antarktidaning 1,5 mln yillik muz bo‘lagini eritishga kirishdi

    Dunyo | 18 iyul, 15:56

    Vinisus rekord summa evaziga Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishi mumkin

    Sport | 18 iyul, 15:45

    Britni Spirs uchinchi marta ona bo‘ldi

    Layfstayl | 18 iyul, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.