Ikki vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasidagi revansh jangi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda ESPN jurnalisti Ariel Helvani xabar qildi.
“Manbalarning xabar qilishicha, Konor va Porye o‘rtasidagi jang tasdiqlanmagan. Shartnoma hali imzolanmagan.
Muammo Konorda emas. U haqiqatda faoliyatini qayta tiklamoqchi. Sabab o‘sha, Porye va Fergyuson o‘rtasidagi jangning o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan narsa. Menimcha, Porye o‘zi uchun foydali shartnoma imzolash niyatida va muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Bu jangchilarga xos biznes.
UFC’dagilarning aytishicha, agar Makgregor rozilik bersa, Poryening o‘rnini Jastin Getji egallashi mumkin”, — deydi Helvani.
Makgregor va Porye o‘rtasidagi jang 23-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Porye va Toni Fergyusonga o‘rtasidagi jang 24-oktabr sanasida bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi. Biroq Dastin gonorarning kamligi sabab bu jangdan voz kechgandi.
Izoh (0)