Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1, 21 KO) sobiq chempion Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) bilan uchinchi jangi nima sababdan bekor qilinganini aytdi.
“Avvaliga biz 18-iyulda jang qilishimiz kerak edi. U jarohat olgani bois jang qoldirildi. Bahsni uch oy keyinga qoldirdik va oktabrda o‘tkazishga kelishdik. Biroq yana o‘xshamadi.
Keyin ularda dekabr oyi uchun uchta variant bor edi: 5, 12 va 19-dekabr. Men bu uchta sananing istalganida jang qilishga tayyor edim, shunda ham foyda bermadi. Men uni umrbod kuta olmayman”, — deydi Fyuri.
Tayson Fyuri o‘zining navbatdagi jangini 5-dekabr kuni o‘tkazadi. Unga Yevropa sobiq chempioni, germaniyalik Agit Kabayel (20-0, 13 KO) raqiblik qiladi. Jang Londonda o‘tkaziladi.
Tayson Fyuri va Deontey Uaylder ishtirokidagi janglarni tomosha qiling (video)
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi bahsda g‘olib nomi aniqlanmagandi. 2020-yilning fevral oyida o‘tkazilgan ikkinchi jangda esa Fyuri Uaylderni yettinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan va WBC chempionlik kamarini undan tortib olgandi.
Izoh (0)