• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Marhamat tumani hokimi yordamchisining 29 ming dollar pora olish holati uch qismdan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi

    Yer olib berishni va’da qilib, pora bilan qo‘lga tushgan Marhamat tumani hokimi yordamchisiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga yuborildi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti huzurida 15-oktabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi yordamchisi U.A. sentabr oyida yaqin aloqalari orqali Marhamat tumani hududidan 11 gektar yer maydoni ajratish uchun jami 29 ming dollar miqdoridagi noqonuniy pulni olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangani aytib o‘tilgan edi.

    Andijon viloyati prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro I.D. hokimlik vakili va bir necha shaxs til biriktirib yer ajratib berish evaziga undan pora talab qilayotganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan shikoyat qilgan. Arizada yozilishicha, Marhamat tuman hokimi yordamchisi U.A. fuqaro M.A. va boshqalar orqali tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari I.Yu.ning 11 gektar yer maydonini tuman zaxirasiga qaytarish uchun majburan ariza yozdirib olgan. Hokim yordamchisi tortib olingan yer maydonini fuqaro I.D.ga ajratib berish haqida tuman hokimining qarorini rasmiylashtirish evaziga pul talab qilgan.

    Arizaga asosan 11-sentabr kuni prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda hokim yordamchisi U.A. oldindan tanish bo‘lgan fuqaro Z.T. vositachiligida fuqaro I.D.dan 11 ming dollar olayotgan vaqtda ushlangan.

    Ariza muallifi I.D.ga o‘z shikoyatida fuqaro M.A. uni hokim yordamchisi U.A. bilan tanishtirib, ishini bitkazishda bergan ko‘magi evaziga 16 ming dollar talab qilayotganini bayon etgan. Shu bois tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.A. arizachi I.D.dan aytilgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    I.D o‘rtada vositachilik qilgan yana bir fuqaro X.N. uni fuqaro M.A. bilan tanishtirib, yer maydoni olishda ko‘rsatgan xizmati uchun pul talab qilayotganini ham arizada ko‘rsatib o‘tgan. Tezkor tadbirning uchinchi qismida fuqaro X.N. ariza muallifi I.D.dan 4 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani hokimining yordamchisi U.A. hamda fuqaro A.M. va fuqaro Z.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan firibgarlik) va 28, 211-moddasining 3-qismi “a” (juda ko‘p miqdorda pora berish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Fuqaro X.N.ga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Tergov harakatlari natijasi bo‘yicha yuqorida keltirilgan shaxslarga nisbatan tegishli ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 30-oktabr kuni mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudiga yuborilgan.

    Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent shahar hokimligi qoshidagi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Chilonzor tumanidagi investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, Qibray, Chilonzor, Buvayda, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq tumani hokimining o‘rinbosari yer maydonini sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingani aytib o‘tilgan.

    09.11.2020, 23:57   Izoh (0)   30701
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dori-Darmon”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari keskin yaxshilandi

    09.11.2020, 22:59

    “Hatto tergov ham 23:00 dan keyin o‘tkazilmaydi”. Nig‘matilla Yo‘ldoshev Ta’lim inspeksiyasi yarim tungacha testlar o‘tkazganini tanqid qildi

    09.11.2020, 22:12

    O‘zbekistonda qimmat benzin markalari arzonlashmoqda, ammo eng xaridorgir Ai-80 benzini narxi oshmoqda

    09.11.2020, 21:34

    O‘zbekiston OTMlariga kirish test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi

    09.11.2020, 21:10

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta rahbarga bo‘ysunsa, nazorat haqida gapirish mumkinmi?

    09.11.2020, 20:57

    Toshkentda odamlarni qariyb 1,5 mlrd so‘mga chuv tushirgan xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga sud hukmi o‘qildi

    09.11.2020, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanadada tuproqda 60 kunda parchalanadigan ekobatareya yaratildi

    Dunyo | 14 iyul, 14:20

    “Arsenal” Dyokeresh transferini yakunlash arafasida turibdi

    Sport | 14 iyul, 14:10

    Eng hayratlanarli yakun va murakkab syujetga ega bo‘lgan turk seriallari

    Kino | 14 iyul, 14:02

    Belarus vertolyoti Rossiya dronini urib tushirdi — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 14 iyul, 14:00

    Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda issiq kuchayadi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 13:50

    Hindiston elektrni tejash uchun konditsioner haroratini cheklaydi

    Dunyo | 14 iyul, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.