• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda xotinini o‘z-o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan er 7 yil 6 oyga qamaldi

    Buxoro viloyatida olti yil davomida turmush o‘rtog‘ining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, uni doimiy do‘pposlab kelgan va o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazgan fuqaro yetti yil-u olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi Jalol Sadirov ma’lum qildi.

    Holatga ko‘ra, hech qayerda ishlamaydigan 30 yoshli fuqaro Ravshan Farmonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i 25 yoshli Farog‘at Navro‘zova bilan olti yil yashab, unga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lib kelgan. U ikki nafar farzandini ham ijtimoiy jihatdan ta’minlamasdan, ularning qiynalib, och-nahor yashab kelishiga sababchi bo‘lgan. Ham jismonan, ham ruhan azob chekib, muttasil kaltak va tepkilar oqibatida odamovi bo‘lib qolgan Farog‘at “Do‘stlik” MFY raisi Ulug‘bek Abdullayevga murojaat qilgan. Ravshan esa mahalla fuqarolar yig‘inida berilgan tanbeh va nasihatlardan tegishli xulosa chiqarmay, battar jazavaga tushgan. Xotini va farzandlariga yashash uyidagi umumiy foydalanishda bo‘lgan oshxona va hammomdan foydalanishni taqiqlagan. Yetmagandek, ovqat pishirishi uchun oshxonadan foydalanishiga ham to‘sqinlik qilgan.

    Erining qilmishlari yetmagandek, Farog‘atga qaynonasi Nasiba Hamroyeva va qaynopasi Feruza ham zo‘ravonlik qilgan. Uni va qizlarini arzimas narsalar uchun kamsitib, xo‘rlab kelgan.

    Farzandlari bilan nochor ahvolga tushib qolgan Farog‘at Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudi orqali bolalari ta’minoti uchun aliment undirib berish haqida ariza yozgan. Bu esa uning turmush o‘rtog‘i Ravshanga yoqmagan va yashash xonadonidagi umumiy foydalanishda bo‘lgan hammomda cho‘milayotgan xotinini yalang‘och holda hovliga sudrab chiqarib, ayollik g‘ururi va nafsoniyatini poymol qilgan. Ayovsiz kaltaklab, haqorat qilib, tanasining turli qismlariga qo‘li bilan urib, do‘pposlab, uning o‘ng ko‘z yuqori va pastki qovoq sohasiga, o‘ng yelka va o‘ng son sohasiga qasddan tan jarohati yetkazgan. Bu Qorako‘l tuman Ma’muriy sudida ham tasdiqlangan.

    Oradan bir necha kun o‘tar-o‘tmas R.Farmonov o‘zining jinoiy harakatlarini yana davom ettirgan va turmush o‘rtog‘i F.Navro‘zova bilan sababsiz janjal ko‘targan. Uni urib-do‘pposlab, o‘ng qo‘l birinchi barmoq asos falangasi, bosh peshona o‘ng tomoniga tan jarohati yetkazgan.

    Oxir-oqibat, turmushi do‘zaxga aylanib borayotgan Farog‘at yashash uyi tandirxonasida sirtmoq yasab, bo‘yin sohasidan o‘zini o‘zi osgan va hodisa joyida vafot etgan.

    Tergov-surishtiruv jarayonlarida sudlanuvchi R.Farmonov xotinini urmagani va kaltaklamagani haqida yolg‘on ko‘rsatma bergan. Biroq sud-ekspertiza xulosasidagi qaydlar Ravshanning yolg‘on ko‘rsatmalarini rad etgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, marhumaning bo‘yin sohasida tiriklik vaqtida hosil bo‘lgan egat ko‘rinishidagi sirtmoq izi borligi, ko‘z konyuktivasida (ko‘z oq sohasi) nuqtasimon qon quyilishlar, taloq kam qonligi hamda ichki a’zolar, ya’ni jigar, buyrak, yurak, o‘pkalarda to‘q qizil suyuq qon bilan to‘lganligi, bosh miya shishi tasdiqlab turganligi, o‘ng qo‘l birinchi barmoq asos falangasi orqasidagi qontalash va shilinmasi qattiq o‘tmas jism ta’sirida yuzaga kelgani aniqlangan. Ushbu jarohatlar marhumaning o‘limidan oldin 5 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtga to‘g‘ri kelishi, ushbu jarohat marhumaning o‘limi bilan bog‘liq emasligini, o‘ng yonoq sohasida shilinma va chap tizza bo‘g‘imi sohasida shilinmasi marhumaning o‘limidan keyin hosil bo‘lgan bo‘lib, qattiq o‘tmas jism ta’siridan yuzaga kelganini tasdiqlagan.

    Sud-tergov ishlari jarayonida R.Farmonovning xatti-harakatlari turmush o‘rtog‘i F.Navro‘zovani o‘zini o‘zi osib o‘ldirishiga sabab bo‘lganiga oydinlik kiritilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismining “a” bandi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U shu moddaga ko‘ra, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.

    Mavzuga doir: 

    • Qashqadaryoda 18 yoshli juvon uyidan osilgan holda topildi. Marhumaning onasi qizining o‘limida kuyovini ayblamoqda
    • Maktabgacha ta’lim vazirligi Andijonda ishini yo‘qotgan bog‘cha mudirasi o‘zini osib qo‘ygani yuzasidan rasmiy izoh berdi

    05.11.2020, 07:13   Izoh (0)   28522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

    05.11.2020, 06:47

    O‘zbekistonda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida UzVC venchur fondi tashkil etildi

    05.11.2020, 06:17

    Zoir Mirzayev XTB mas’ullariga xizmat mashinasi berilmaganini tanqid qilgandi. Bir hafta o‘tib ularga 16 ta yangi avtomobil topshirildi

    04.11.2020, 23:56

    Samarqandda 16 yil avval ko‘mib tashlangan yerosti yo‘li yana ochilmoqda

    04.11.2020, 23:26

    Namanganda uzoq muddatga xorijga ketganlar 70 mingdan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi

    04.11.2020, 22:57

    Muzaffar Fayziyev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    04.11.2020, 22:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.