• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali Shanxayda ish boshlagan “CIIE-2020” import mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 4-noyabr kuni Shanxay shahrida “CIIE-2020” Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali murojaat yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari o‘z nutqida EKSPOdek yirik tadbirning o‘tkazilayotgani Xitoyning milliy iqtisodiyotni tiklashda erishayotgan muvaffaqiyatlaridan hamda keng ko‘lamli xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik nihoyatda zarur ekanidan dalolat berishini ta’kidladi.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti global inqiroz sharoitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va hududlararo aloqalarni rivojlantirishning muhim masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

    O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni liberallashtirish, tashqi savdo rejimi va eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish, normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, “yashil yo‘laklar”ni shakllantirish, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish, yanada qulay investitsiya muhitini yaratish borasida izchil ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qayd etildi.

    Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va Markaziy Osiyo transport-tranzit salohiyatini kengaytirish muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.

    O‘zbekiston mintaqaviy va hududlararo aloqalarni mustahkamlash uchun keng istiqbollar ochib berayotgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini faol qo‘llab-quvvatlayotgani, Markaziy Osiyo, Buyuk ipak yo‘li davrida bo‘lganidek, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-tranzit yo‘laklarining xabiga aylanishi mumkinligiga ishonch bildirildi.

    Markaziy va Janubiy Osiyo temir yo‘llari tizimlarini bog‘laydigan yangi transport yo‘laklarini yaratish borasidagi tashabbus katta ahamiyatga ega ekani, bu Yevroosiyo mintaqasidagi quruqlik transporti tizimini tutashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

    Shu munosabat bilan davlat rahbari mamlakat Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston yangi multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab temir yo‘l qurish loyihasini tezlashtirish tarafdori ekanini qayd etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida “quruqlikdagi portlar”, logistika va ulgurji-distribyutorlik markazlarining integratsiyalashgan tarmog‘ini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish taklif etildi.

    Ushbu tashabbuslarning ahamiyatini hisobga olib, BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklifi sheriklar va xalqaro tashkilotlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirildi.

    O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini faol rivojlantirish, birinchi navbatda, mineral-xomashyo resurslarni chuqur qayta ishlash va eksport bozorlariga chiqish uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qo‘shma korxonalar tashkil etishga tayyor ekani qayd etildi.

    Shu maqsadda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma dastur qabul qilish hamda qo‘shma investitsiya fondlari, sarmoyalarni kafolatlash va sug‘urtalash kabi vositalar yordamida ikki mamlakat biznes vakillarini aniq loyihalarni amalga oshirishga rag‘batlantirish taklif etildi.

    Davlat rahbari marosim ishtirokchilari e’tiborini pandemiya sharoitida iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etganiga qaratdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu munosabat bilan, xalqaro savdo, bojxona rasmiylashtiruvi, transport, ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish g‘oyasi ilgari surildi.

    O‘zbekiston Prezidenti pandemiya oqibatida kelib chiqqan global ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengib o‘tish uchun ikki tomonlama va mintaqaviy darajada yanada yaqin muvofiqlashuv va hamkorlikka o‘tkir zarurat borligini ta’kidladi.

    Ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi, tibbiy tovarlarga ehtiyojlarning ortishi, moliyaviy beqarorlik va global yetkazib berish zanjirlarining buzilishi sharoitida hech bir mamlakat yakka holda pandemiyaning salbiy oqibatlarini yengib o‘ta olmasligi alohida qayd etildi.

    So‘zining yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘rgazma ishtirokchilari faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi hamda EKSPO yakunlari jahon savdosini tiklash va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish jarayoniga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

    Marosimda Serbiya, Chili, JAR prezidentlari, Ispaniya va Pokiston hukumatlari, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham murojaat yo‘lladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasi doirasida 5-noyabr kuni Shanxay shahrida O‘zbekiston—Xitoy biznes forumini o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda Xitoyning yirik savdo va investitsiya kompaniyalaridan 150 nafarga yaqin vakil ishtirok etadi.

    Forumda O‘zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turizm salohiyati namoyish etiladi. Xususan, Xitoy ishbilarmon doiralari neft-gaz, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, metallurgiya, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va qurilish tarmoqlarida o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlari bilan tanishadi.

    Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistondagi qulay ishbilarmonlik muhiti, erkin iqtisodiy zonalar hududida biznes yuritish, iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda erishilgan muvaffaqiyatlar to‘g‘risida ham ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30-oktabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

    Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida videoanjuman shaklida o‘tgan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zlagandi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti aprel oyida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish va sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun videoanjuman tarzida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sammitida ham ishtirok etgandi.

    04.11.2020, 21:11   Izoh (0)   9576
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Talabalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish taklif etilmoqda

    04.11.2020, 20:36

    O‘zbekiston va Ukraina savdo aylanmasini yiliga 1 mlrd dollarga yetkazishga qaror qildi

    04.11.2020, 20:11

    Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    04.11.2020, 19:34

    Buxoroda viloyat Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘tkazgan to‘yda kamida 60 kishi qatnashdi. Rahbar buni “o‘zbekchilik” deya izohladi

    04.11.2020, 19:25

    O‘zbekistonda bir kishiga o‘rtacha 16 kvadrat metr uy-joy maydoni to‘g‘ri kelmoqda

    04.11.2020, 19:12

    Surxondaryoda Nexia 9 yoshli bolani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

    04.11.2020, 18:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pekinda kuchli suv toshqinlari oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 29 iyul, 12:55

    Yozda konditsionersiz xonada uxlab qolishga yordam beradigan 7 layfhak

    Maslahatlar | 29 iyul, 12:52

    “OKMK” futbolchisi Nodirbek Abdurazzoqov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 29 iyul, 12:52

    AQSHda 32 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

    Dunyo | 29 iyul, 12:28

    “Arsenal” Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytiradi

    Sport | 29 iyul, 12:20

    Andijondagi kanalga korxonadagi avariya sabab neft oqib ketdi

    O‘zbekiston | 29 iyul, 12:08

    Kolumbiya sobiq prezidentiga jinoiy ish ochildi

    Dunyo | 29 iyul, 12:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.