Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5—6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif dasturida hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)