• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda viloyat Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘tkazgan to‘yda kamida 60 kishi qatnashdi. Rahbar buni “o‘zbekchilik” deya izohladi

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ashur To‘xtayev 25-oktabr kuni o‘g‘lining to‘yini Buxoro shahridagi “Ipak yo‘li” to‘yxonasida o‘tkazgan, marosimda 50 dan ortiq kishi qatnashgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar bermoqda.

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasi.

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasi.
    Foto: “Daryo”

    Respublika maxsus komissiyasi 15-avgustdan boshlab oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida, 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) ishtirokida o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

    28-oktabrda esa Maxsus komissiya 1-oktabrdan to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat bergani ma’lum bo‘ldi. Bunda, SSV huzuridagi shtab a’zosi Botir Qurbonovning ta’kidlashicha, “100—200 kishiga emas, chegaralangan holda, 30 kishiga uy sharoitida qilingan to‘yni to‘yxonalarda o‘tkazishga ruxsat berilgan”.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-oktabrdan to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda shu vaqtgacha biror marta rasmiy axborot berilmagan

    Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari Ashur To‘xtayevning ta’kidlashicha, o‘g‘lining to‘yi bilan bog‘liq taraddud 2020-yil boshida boshlangan, biroq pandemiya sababli to‘y kechikib ketgan. 25-oktabr kuni o‘tkazilgan marosimda quda tomondan 15 kishidan ortiq bo‘lmagan mehmon kelishi kerak bo‘lgan, biroq to‘yga kelishilganidan ko‘proq mehmon kelgan.

    Ashur To‘xtayev va Erkin Jo‘rayev.

    Ashur To‘xtayev va Erkin Jo‘rayev.
    Foto: “Daryo”

    “Haqiqatan ham, tashkilot rahbari bo‘la turib, xatoga yo‘l qo‘ydim, tan olaman. Aslida 30 kishilik to‘yda qaysi bir yaqiningni taklif qilishni bilmay, halak bo‘lasan, biroq bugungi kun talabi shunday. Talabga qaramay, to‘yga 50 dan ortiq mehmon keldi. O‘zbekchilik-da, istaymizmi-yo‘qmi, quda tomondan ko‘proq mehmon keldi. Ularga ‘ket’ deb, chiqarib yuborib bo‘lmaydi-ku”, — deydi To‘xtayev.

    Ma’lumot o‘rnida. Buxoroda avgust oyida 150 kishilik to‘y o‘tkazgan fuqaro 4,5 million so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi. Shunga o‘xshash holat oy oxirida Samarqandda ham kuzatilgan. Sentyabrda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi to‘ylarga ruxsat berilganidan beri karantin qoidalariga zid ravishda o‘tkazilayotgan kamida 243 ta (shundan 7 tasi Buxoro viloyatida) marosim aniqlangani haqida axborot bergan edi. Birinchi karantin davrida esa taqiqqa qaramay to‘y marosimlarni o‘tkazishga uringanlarga nisbatan jinoyat ishlari ham qo‘zg‘atilgan edi.

    To‘y o‘tkazilgan “Ipak yo‘li” to‘yxonasi rahbari Erkin Jo‘rayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda to‘yxona 80 o‘ringa mo‘ljallangani, viloyat Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarining o‘g‘li uylangan kunda ham 80 kishiga joy tayyorlanganini ma’lum qildi. U, shuningdek, muxbirni marosim aks etgan videoyozuvlar bilan tanishtirgan — ularda 60 chog‘li odamni ko‘rish mumkin.

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasida 25-oktabr kuni o‘tkazilgan to‘ydan lavhalar.

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasida 25-oktabr kuni o‘tkazilgan to‘ydan lavhalar.
    Foto: “Daryo”

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasida 25-oktabr kuni o‘tkazilgan to‘ydan lavhalar.

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasida 25-oktabr kuni o‘tkazilgan to‘ydan lavhalar.
    Foto: “Daryo”

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasida 25-oktabr kuni o‘tkazilgan to‘ydan lavhalar.

    “Ipak yo‘li” to‘yxonasida 25-oktabr kuni o‘tkazilgan to‘ydan lavhalar.
    Foto: “Daryo”

    “Har kuni kunduzi bitta to‘y o‘tkaziladi. To‘yxonada 80 dan ortiq kishini joylashtirishning imkoni yo‘q”, — dedi Erkin Jo‘rayev ushbu to‘yda 150 kishi qatnashgani haqida gap-so‘zlarga munosabat bildirarkan. U Respublika maxsus komissiyasi tomonidan to‘ylarda 30 dan ortiq odamning qatnashishi taqiqlangan bir vaqtda uning to‘yxonasida har kuni 80 kishilik marosim o‘tkazilayotgani yuzasidan biror izoh berolmasligini aytgan.

    Erkin Jo‘rayevning qo‘shimcha qilishicha, uning to‘yxonasida shu kungacha o‘tkazilgan 80 kishilik to‘ylar hozircha biror muammoga sabab bo‘lmagan, shuningdek, ushbu holatlar yuzasidan unga nisbatan jarima ham qo‘llanilmagan.

    Viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi rahbari Qambar Rasulov “Daryo”ga “Ipak yo‘li” to‘yxonasidagi holatlardan bexabar ekanligini bildirib, sohani isloh qilish bo‘yicha 2020-yil iyul oyida qabul qilingan hujjatlar sababli, viloyatdagi to‘yxonalarga 30 nafardan oshmagan kishi bilan to‘y o‘tkazishga ruxsat berilgani bo‘yicha tavsiya xati yetkazilmay qolganini ma’lum qildi.

    Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 25-iyuldagi farmonida Sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkil etilayotganligi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalarini tugatish ko‘rsatib o‘tilgan.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentcha ko‘zbo‘yamachilik: To‘yini Tashkent City’da o‘tkazgan xonanda Vohidjon Isoqov aslida jarimaga tortilmagan bo‘lishi mumkin
    • To‘yini Tashkent City’da o‘tkazgan Vohidjon Isoqovga 4,5 mln so‘m jarima yozildi. “Avvalgi jarima” noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi

    04.11.2020, 19:25   Izoh (0)   41553
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir kishiga o‘rtacha 16 kvadrat metr uy-joy maydoni to‘g‘ri kelmoqda

    04.11.2020, 19:12

    Surxondaryoda Nexia 9 yoshli bolani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

    04.11.2020, 18:57

    Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in yuz berdi

    04.11.2020, 18:33

    O‘zbekistonda 5-noyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

    04.11.2020, 18:09

    Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilishni taklif qildi

    04.11.2020, 17:41

    Samarqandda Afrosiyob poyezdi yo‘liga tosh qo‘ygan shaxs maktab o‘quvchisi ekanligi aniqlandi

    04.11.2020, 17:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.