• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zgidromet” maoshlar kamligi va kadrlar sohadan ketib qolayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati samarali faoliyat yuritishi uchun oylik maoshlarining kamligi va malakali kadrlarning ketib qolishi kabi masalalarni zudlik bilan hal etish lozim. Bu haqda “O‘zgidromet” tomonidan e’lon qilingan xabarda so‘z boradi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Gidrometeoxizmat nafaqat iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi, aviatsiya kabi ko‘plab tarmoqlarining faoliyati, balki davlat xavfsizligiga bog‘liq ish. Uning ishi inson hayoti va mulkini himoya qilish, atrof-muhitni monitoringlash va muhofaza qilish, barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish, mamlakatimiz fuqarolari hayotining farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan mamlakat iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq.

    O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi respublikada gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi holatini kuzatish sohasidagi masalalarni hal etish uchun maxsus vakolatli organ hisoblanadi va mamlakat rahbariyati, davlat va xo‘jalik organlari, Qurolli kuchlar va aholini gidrometeorologik ma’lumotlar va atrof-muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

    Bundan tashqari, O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi uchun hujjatlar tayyorlashda meteorologik va ekologik kuzatuvlar o‘tkazishda ishtirok etib kelmoqda.

    Foto: “O‘zgidromet”

    Bugungi kunda O‘zbekiston hududida 85 ta meteorologik stansiya, 33 ta agrometeorologik post, 133 ta gidrologik post, 9 ta ko‘l stansiyasi, 12 ta aviameteorologik stansiya va 63 ta atrof-muhitning ifloslanishini kuzatuvchi punkt faoliyat ko‘rsatmoqda.

    “Hatto koronavirus pandemiyasi davrida gidrometeorologik ma’lumotlarni olish bilan bog‘liq murakkab vaziyatga qaramasdan ‘O‘zgidromet’ Mintaqaviy telekommunikatsiya markazi sifatida o‘z vazifasini bajarib, Markaziy Osiyo mintaqasining prognostik bo‘linmalarini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlab kelmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Hozirda xalqaro tashkilotlar grantlari, budjet va “O‘zgidromet”ning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kuzatuv tarmog‘i zamonaviy asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlanmoqda, lekin dunyoda gidrometeorologiya sohasi texnik va texnologik jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda bu yetarlicha emas.

    “Shu bilan birga, ‘O‘zgidromet’ning samarali faoliyat yuritishi uchun darhol hal etilishi zarur bo‘lgan ayrim muammolar mavjud. 2017-yildan boshlab respublika Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bironta normativ hujjat qabul qilinmadi”, — deyiladi xabarda.

    “Bugungi kunda ‘O‘zgidromet’ xodimlarining o‘rtacha ish haqi 1,3 million so‘m, hududiy boshqarmalarda 1,2 million so‘m, tuman va shaharlardagi kuzatuv bo‘linmalarda 800 ming so‘mni (!) tashkil etadi. Bu respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli ikki marta kamdir. Ish haqining pastligi sohaga malakali mutaxassislar, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini jalb qilishga salbiy ta’sir qilmoqda”, — deya qayd etiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, bunday sharoitlarda “O‘zgidromet”da 5-10 yil va undan ko‘p mehnat tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar xuddi shunday lavozimlarda ish haqi 2-4 marta yuqori bo‘lgan boshqa sohalarga ketib qolmoqda. Oxirgi 3 yil ichida Yerning sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan ma’lumotlarga ishlov berish, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ob-havo prognozlarini tayyorlash sohasidagi ko‘plab mutaxassislar “O‘zgidromet”dan ketgan, ularning aksari yetakchi milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari.

    Ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan stansiyalarga oziq-ovqat, yoqilg‘i va texnik uskunalar vertolyot orqali yetkazib berilmoqda.

    Ko‘chki xavfi yuqori bo‘lgan stansiyalarga oziq-ovqat, yoqilg‘i va texnik uskunalar vertolyot orqali yetkazib berilmoqda.
    Foto: “O‘zgidromet”

    Gidrometeorologiya xizmati xodimlari faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tezkor choralar hamda tarmoqni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha qaror qabul qilish zarurligini qayd etgan.

    03.11.2020, 20:58   Izoh (0)   16437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Tergov departamenti, YHXBB va Toshkent shahar IIBBning saytlari ishlamay qoldi

    03.11.2020, 19:15

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Toshkent bo‘yicha 35 ta noqonuniy qurilish aniqlangan”

    03.11.2020, 18:33

    Deputatlar O‘zbekistonning yangi sog‘liqni saqlash vaziri nomzodini ma’qulladi

    03.11.2020, 18:05

    SSV shtabi a'zosi koronavirusning bolalarda kattalarga nisbatan yengil kechishining taxminiy sabablarini aytdi

    03.11.2020, 17:59

    Toshkentda eshakni Spark’ga bog‘lab, sudrab ketgan haydovchining shaxsi aniqlandi

    03.11.2020, 17:35

    Toshkentda 13 nafar qimorbozning har biri besh sutkaga qamaldi. Qimorxona tashkil etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

    03.11.2020, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.