Chexiya so‘nggi yetti kun ichida koronavirus oqibatida vafot etganlar soni (har 100 ming kishiga nisbatan hisobda) bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (ECDC) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta mobaynida bu ko‘rsatkich Chexiyada 11,02 qiymatiga yetgan. Mamlakat Andorrani ortda qoldirgan, u yerda, ECDC axborotiga ko‘ra, bir haftada har 100 ming aholiga 7,88 kishi vafot etgan. Uchinchi o‘rinni Belgiya (6,81), to‘rtinchi o‘rinni Armaniston (6,19) egalladi. Yuqori beshlikka Chernogoriya ham kirdi (6,11).
O‘tgan bir kecha-kunduzda Chexiyada 11,4 ming kishida koronavirus aniqlandi. Pandemiya boshidan buyon kasallikka chalinganlar soni mamlakatda 335 ming kishidan oshdi, shulardan 3,2 ming nafari vafot etdi. Chexiya aholisi soni 10,6 million kishiga teng.
28-oktabrdan mamlakatda SSV qarori bilan kechasi komendantlik soati joriy qilingan.
Chexiyada 5-oktabrdan COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sababli 30 kunga favqulodda holat rejimi joriy qilingandi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksiyaning yuqori darajasi bir-ikki hafta davomida saqlanib qoladi va keyinchalik qat’iy cheklov choralari tufayli kamayadi, deb hisoblaydi. Mutaxassislarning fikricha, agar chora-tadbirlar natija bermasa, oy oxiriga borib kasallanganlar soni chorak millionga yetishi mumkin.
Izoh (0)