Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chexiyada 5-oktabrdan COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sababli favqulodda holat rejimi joriy qilinadi, deb xabar beradi respublika hukumati saytiga tayanib Meduza.

Foto: Mignews

Foto: Mignews

Rejim mamlakatda 30 kun davomida amal qiladi. Bu davrda 20 dan ortiq odam ishtirokidagi tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi, sport tadbirlarida tomoshabinlar soni cheklanadi va maktablar masofaviy o‘qitish tizimiga o‘tkaziladi.

Chexiya Yevropada birinchilardan bo‘lib koronavirus epidemiyasi tufayli chegaralarini yopgan. Chexiya hukumati chet elliklarning kirishini va fuqarolarning chiqib ketishini mart oyining o‘rtalarida — mamlakatda COVID-19 kasalligining 117 ta holati qayd etilganda taqiqladi.

Jons Hopkins universitetining 1-oktabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Chexiyada koronavirus bilan bog‘liq qariyb 69 ming holat qayd etilgan. Bemorlarning 655 nafari vafot etgan, 33 443 nafari kasallikdan tuzalgan.

Avvalroq UkrainaKanadaChexiyaAvstriya va Gruziyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani haqida xabar berilgan edi. Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bahordagi ko‘rsatkichga qaytmoqda. Bir oydan beri turistlar uchun ochiq bo‘lgan Turkiyada koronavirus tarqalishi yana avj oldi. Isroil esa “germetik” karantin joriy qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi