Rossiyaning Leningrad viloyati Sosnoviy Bor shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarolarining 3 yoshli farzandi 6-qavatdan qulab tushib vafot etdi, deya xabar bermoqda “Neviskiy Novosti”.
Qayd etilishicha, Sosnoviy Bor shahrining Kosmonavtlar ko‘chasida ota-onasining xabari yo‘q bolaning jasadini topilgan. Aniqlanishicha, bola oltinchi qavatdan yiqilib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bolaning vafot etganini aniqlagan. Bolaning jasadi o‘lim sababini aniqlash uchun o‘likxonaga yuborilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, marhum bolaning ota-onasi – 24 va 25 yoshli O‘zbekiston fuqarolari hisoblanib, Rossiyaga 2020-yilning yanvar oyi boshida kelgan. Ta’kidlanishicha, ota yuk tashuvchi bo‘lib ishlaydi, ona esa ishsiz.
Izoh (0)