• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bolaning boshi panjaraga tiqilib qolgandi”. 5-qavatdan tushib ketgan bola voqeasi tafsilotlari

    Davomi: Toshkentda 5-qavatdan tushib ketgan bolani shifokorlar takroriy tekshiruvdan o‘tkazdi

    Toshkentning Olmazor tumanida 14-yanvar, seshanba kuni soat 16:00 atrofida 3-Beruniy dahasidagi besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani haqidagi videoxabar ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylandi. “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov voqea joyida bo‘lib, bolakayni qutqarib qolgan mahalladoshlar bilan suhbatlashdi.

    Kadr: Telegram

    “Hammayoq g‘ala-g‘ovur bo‘lib ketdi. Tinchlikmikan, deya so‘rasak, qo‘shnining bolasi tepada osilib qolibdi, deyishdi”, — deydi qo‘shni xonadon egasi Ma’murjon Ibragimov. Xabarni eshitganlarning bari tashqariga otilib chiqqan. Bola bo‘ynidan panjarada osilib qolgan, shunga qaramay uning o‘zi ham chiqib ketishga harakat qilib, tepaga talpingan.

    “Pastda adyolni ikki qavat qilib, ushlab turdik. Qo‘shnilar uy eshigini ochib, ichkariga kirishga va qutqarib qolishga ulgurishmadi. Ungacha bola pastga quladi va Allohning karomati bilan, adyolga tushdi. Keyin uni uyga olib kirib, lat yegan joylarini ko‘zdan kechirdik. Birozdan so‘ng tez yordam yetib keldi”, — dedi Ma’murjon aka.

    Mahalla faollaridan biri Rixsivoy Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, bolaning beshinchi qavatda osilib turganini qo‘shni mahallada yashovchi Ulug‘bek aka ismli kishi ko‘rib qolib, hammani yordamga chaqirgan.

    “Biz ham tashqariga yugurdik. Kelinim uydan olib chiqqan adyolni tutib turdik. Shokka tushib qolgandik, hammaning xayoli bolada edi. Tepada bola bechora yig‘lab, dodlayapti, buyoqda ayollar qichqiryapti, odamning yuragi toshib ketyapti. Qarasam, bola pastga tushmayapti, uning kallasi qisilib qolgan ekan. Yugurib tepaga chiqsam, qo‘shnilar — Zafar aka, Ulug‘bek aka va o‘g‘lim eshikni ochishga harakat qilishayotgandi”, — deydi Rixsivoy aka.

    Rixsivoy Sultonov.

    Rixsivoy Sultonov.
    Foto: “Daryo”

    “Ular eshikni ochaman deb, jon-jahdi bilan urib, boltani ham sindirib qo‘yishibdi. O‘g‘lim darrov yerto‘ladan montirovka va lomni olib chiqdi. Eshikni ochishimiz bilan o‘g‘lim deraza tomon yugurdi va: “Bola tushib ketdi, ulgurmadim”, dedi. O‘sha payt qotib qoldim; boshi panjaradan o‘tib, charchab qolgani uchun, qo‘lini qo‘yib yuborgan ekan”, — deydi Rixsivoy aka.

    Bola yashaydigan uyning eshigi.

    Bola yashaydigan uyning eshigi.
    Foto: “Daryo”

    U qolganlar bilan birga shok holatida pastga tushganida, bola Ma’murjon akaning qo‘lida bo‘lgan.

    “Qo‘shnilar bilan birga bolakayni uyiga olib chiqdik. Bola charchagan shekilli, uxlab qoldi. Birozdan so‘ng IIB xodimlari, keyin shifokorlar keldi, bolani yurgizdirib ko‘rishdi. Bola qo‘li og‘riyotganini aytdi. Onasi kelgach, bolani shifoxonaga olib borib, rentgen qildirib qaytishdi. Kasalxonadan kelganidan keyin bolani ko‘rdik, ahvoli yaxshi”, — dedi Rixsivoy aka.

    Voqea yuz bergan vaqtda bola uyda bir o‘zi bo‘lgan, onasi esa 1-sinfda o‘qiydigan qizini maktabdan olib qaytish uchun chiqib ketgan bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    “Bola o‘zi shamollagan ekan, onasi sovuqda bolani olib yurmay deb, katta qizini maktabdan olib kelish uchun ketgan ekan. Bola uyda uxlab qolgan. Turganidan keyin oynani ochgan. Bu ham bir falokat-da. Alloh saqlagani shu bo‘ldiki, bola ozgina osilib turdi. U ham chayir ekan, tepaga qarab ancha tirmashib, talpindi”, — dedi Rixsivoy Sultonov.

    Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, bolani to‘rtinchi qavatdan turib tutib qolish imkoni deyarli yo‘q edi.

    “To‘rtinchi qavatga chiqqanimizda ham tutib qololmasdik. Ikki deraza orasida uch metr masofa bor — qanday qilib tutib qolasiz? Biror narsa bilan ushlab tutaman desangiz ham, bola qaltisroq harakat qilib yuborsa, boshqachasiga tushib ketishi mumkin. Bola kichkina bo‘lgani uchun birovning bo‘yi ham yetmasdi unga”, — dedi Rixsivoy aka.

    Olmazor tumani IIO FMB 7-sonli IIB bo‘limi profilaktika inspektori, mayor Mirsaid Mirkarimovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, bola osilib qolgani haqidagi xabar soat taxminan 16:00 larda kelib tushgan.

    “Aytilgan manzilga borganimizda, uyning yotoqxonasidan tashqari tomonga qaragan derazaning panjara qismida chamasi 4—5 yoshli bola osilib turganini ko‘rdik. Shundan so‘ng shu yerdagi fuqarolar yordamida uy egalariga xabar berildi, bola adyol bilan tutib, qutqarib qolindi. Unga hech qanday jiddiy shikast yetmadi. Faqat pastga qulayotganida 3-qavat bo‘g‘oti (soyaboni)ga qo‘li tegib, shilindi, xolos. Shifokordan uning sog‘-salomat ekanligi haqida ma’lumotnoma oldik”, — dedi u.

    Bolaning ahvoli yaxshi ekanligini uni otasi Yoqubjon aka ham tasdiqladi; uning aytishicha, bola hozir uyda, ahvoli yaxshi, “o‘ynab yuribdi”.

    “Men ishda bo‘lgandim, rafiqam katta qizimizni maktabdan olib kelgani ketgandi. Falokat ekan, asosiysi, o‘g‘lim tirik qolibdi. Derazaga panjara qo‘yilgan, qanday qilib u yerga kirib qolganiga hayronmiz. O‘g‘limizning ahvoli yaxshi, hozir uyda. Shifokorlar ko‘rib tekshirishdi, shilingan joylari bor. Yordam qilganlarning bariga, qo‘ni-qo‘shnilarga katta rahmat. Shifokorlar, favqulodda holat, ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorlik bildiramiz”, — dedi bolaning otasi.

    “O‘rnimizda boshqa odamlar bo‘lganida ham shunday qilgan bo‘lardi... Ilohim, bolakayning umrini uzoq qilgan bo‘lsin!”, — deya qo‘shimcha qildi “qutqaruv operatsiyasi”ga bosh-qosh bo‘lgan Ma’murjon aka.

    14.01.2020, 22:49   Izoh (0)   126087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga saytlarini “jonlantirish” bo‘yicha topshiriq berdi

    14.01.2020, 22:37

    Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

    14.01.2020, 22:21

    “Yuksalish” harakati aholi yashash punktlarida transport harakati tezligini 60 km/soatga pasaytirishni taklif qilmoqda

    14.01.2020, 21:50

    MIB Yangiyo‘lda 645 mln so‘mlik soliq qarzini undirdi. Qarzdor pullarni naqd ko‘rinishda to‘lagan

    14.01.2020, 21:34

    Toshkent shahar IIBB “Panelniy” qamoqxonasidagi sharoitlar xalqaro standartlarga javob berishini ma’lum qildi

    14.01.2020, 21:18

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Qurolli Kuchlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

    14.01.2020, 21:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.