• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Matoli niqob tibbiy niqobdan yaxshiroqmi? U nimadan tikilishi lozim? Undan qanday foydalanish kerak?

    Sog‘liqni saqlash bilan shug‘ullanuvchi ko‘pgina tashkilotlar tibbiy muassasalar tashqarisida ham niqob taqishni tavsiya etadi. Bunda doim ham tibbiy niqob nazarda tutilmaydi — kimlardir matoli niqoblar kerakligini da’vo qiladi. Ammo matoli niqoblar tibbiy niqoblarga nisbatan kamroq o‘rganilgan, ulardan qay biri samaraliroq ekanligi borasida aniq ma’lumot yo‘q. Ko‘pchilik hollarda ekspertlarning tavsiyalari tibbiy xodimlarga shaxsiy himoya vositalari yetishmasligiga asoslanadi va bir martalik niqoblarni ular uchun qoldirgan ma’qul. Meduza matoli niqob sotib olishga yoki tikishga qaror qilganda nimalarni bilish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

    Foto: Unsplash

    Foto: Unsplash

    Ko‘pincha tibbiy tashkilotlardan tashqarida matoli niqob taqish tavsiya etiladi

    Eng asosiysi shuni yodda tutish kerakki, tibbiy muassasalardan tashqarida taqiladigan har qanday niqoblar avvalambor atrofdagilarni kasallikdan himoya qilishga qaratilgan. Matoli niqoblar ularni taqib yurgan odamlarni virusni yuqtirishdan himoya qiladi, deb aytish uchun hozirda ma’lumotlar juda kamlik qiladi.

    Rasmiy tavsiyalarda aytiladigan asosiy narsa — COVID-19 simptomlari bo‘lmagan va tibbiy muassasalarda bo‘lmagan odamlar matoli niqob taqishi kerak (agar zarur masofani saqlash imkoniyati bo‘lmasa). Bunday tavsiyalarni, masalan, Amerikaning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bermoqda (xavf guruhidagi va simptomlarga ega odamlar istisno qilinadi — ular, JSST fikricha, tibbiy niqob taqishi kerak). “Rospotrebnadzor” tibbiy emas, aynan gigiyenik niqob taqish majburiyatini yuklagan.

    Buyuk Britaniyada tibbiy yoki matoli niqob taqish taklif etilmoqda. Ammo Yevropa kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi fikricha, tibbiy niqobni tanlagan baribir yaxshiroq. Hatto matoli niqob tarafdorlari ham COVID-19’ga chalingan bemorlarni parvarish qilayotgan yoki ular bilan bitta binoda yashayotgan odamlar aynan tibbiy niqob taqishi kerakligini ta’kidlamoqda.

    Matoli niqoblar (nazariy jihatdan) xuddi tibbiy niqoblar kabi samarali bo‘lishi mumkin

    Tibbiy niqoblar meltblaun va spanbonddan qilinadi. Bu materiallar nomato deyilib, ular tekis yuzaga maxsus tarkibni sepish yordamida yaratiladi. O‘z navbatida, matoli niqoblar to‘qilgan iplardan qilinadi.

    Tibbiy niqoblar azaldan tibbiy muassasalarda ishlatiladi va ularning infeksiyalarni tutib qolishdagi samaradorligi isbotlangan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi matoli niqoblar nazariy jihatdan samaradorlik bo‘yicha tibbiy niqoblarga taqqoslanishi mumkin. Ammo matoli niqoblar tadqiq qilinganda aksariyat hollarda ularning real hayotdagi samaradorligidan ko‘ra, o‘zida virus saqlashi mumkin bo‘lgan tomchilarni o‘tkazmaslik qobiliyati o‘rganilgan. Ya’ni olimlar asosan hamma matoli yoki tibbiy niqob taqqanda nechta odam kasallanishini solishtirmagan, balki mato tomchini qanchalik darajada ushlab qolishini kuzatgan. Ba’zan sinovlar uchun maxsus apparat, ba’zan odam qo‘llanilgan.

    Muammo shundaki, real hayotda niqoblarni qo‘llashda yakuniy samaradorlikka ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan turli omillar aralashishi mumkin: bunday niqoblarni taqish odamlar uchun noqulay bo‘lgani sababli ular taqish qoidalarini e’tiborsiz qoldirishidan tortib, niqoblar tez namlanib qolishi va natijada samaradorligi kamayishigacha. Shuning uchun bunday tadqiqotlarning har qanday natijalariga shubha bilan qarash kerak.

    Mato qanchalik qalin bo‘lsa, shuncha yaxshi (ammo juda ham emas)

    Qanday mato tanlash borasida aniq bir tavsiya berish qiyin, chunki turli tadqiqotlarda hatto bir xil matolar ham juda har xil bo‘lgan natijalarni ko‘rsatgan.

    Tadqiqotlarda shundoq ham aniq-ravshan bo‘lgan narsa qayta-qayta ko‘rsatib berilmoqda: iplari qanchalik zich bo‘lsa, ya’ni 1 santimetrga qanchalik ko‘p ip to‘g‘ri kelsa, bu mato shunchalik kam tomchi o‘tkazadi. Ustiga ustak, bu ko‘rsatkich matoning samaradorligiga qavatlar soniga nisbatan ko‘proq ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha aytganda, masalan, ikki qavatli dokadan tikilgan niqobdan ko‘ra, bir qavatli qalin matodan qilingan niqob yaxshiroqdir, hattoki, ikkala matoda ham 1 santimetrdagi jami iplar soni bir xil bo‘lsa ham.

    Matoli niqoblar samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar haqidagi yangi maqola mualliflari masalan, bir dyuymga kamida yuzta ip (1 santimetrga taxminan  39 ta ip)dan iborat paxta matodan foydalanishni taklif qilmoqda.

    Agar niqob tomchilarni yaxshi filtrlamasa, unda u nafaqat yordam bermaydi, balki vaziyatni yomonlashtirishi ham mumkin. Kichik bir tadqiqotning ko‘rsatishicha, bunday mato yirik tomchilarni maydalagan. Natijada tomchilar niqobsiz gapirgandagidan ko‘ra ko‘proq miqdorda bo‘lgan. Nazariy jihatdan, bu zarar keltirishi mumkin, chunki maydaroq tomchilar havoda uzoqroq saqlanadi, pastga tushmaydi va kasallik yuqtirishning potensial manbasi bo‘lib qoladi.

    Boshqa tomondan olib qaraganda, agar mato o‘ta qalin bo‘lsa, u orqali nafas olish qiyin bo‘ladi, havo ikki yonboshdagi ochiq joydan chiqishi, niqobning o‘zi esa tez namlanib, samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Niqobning matosi qanchalik qalinligini tushunish uchun u orqali qarash kerak — qanchalik qalin bo‘lsa, yorug‘likni shunchalik kam o‘tkazadi.

    Niqob tanlashda e’tiborga olish kerak bo‘lgan muhim narsa: unda nafas chiqarish uchun klapanlar bo‘lmasligi kerak. Matoli niqoblar atrofdagilarni virus tarqatuvchi, ammo simptomlari bo‘lmagan odamdan himoya qilishga qaratilgan. Nafas chiqarish klapani esa chiqarilayotgan havoni filtrlamasdan chiqaradi (shunda nafas olish osonlashadi) va odam filtrlangan havodan nafas olishi uchun, nafas olishda yopiladi.

    Uyda niqob yasamoqchi bo‘lsangiz, buning bir nechta qoidalari bor

    JSST qo‘lbola niqobda kamida uchta qavatdan foydalanishni taklif qilmoqda: yuzga eng yaqin turadigani namlikni yaxshi singdirishi kerak (masalan, paxtalik mato), tashqi qavati esa aksincha bo‘lishi (masalan, poliester), o‘rta qavat shu ikkisidan biri bo‘lishi kerak. Amerikaning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi olimlarining fikricha, kamida ikki qavat matodan iborat niqoblardan foydalangan ma’qul. Yuqorida tilga olingan maqola mualliflari paxta, muslin va flannel matolardan ko‘p qavatli (kamida ikki, undan ham yaxshisi, uch-to‘rt qavat) niqoblar tikishni taklif qilmoqda. Ammo ularni shunday biriktirish kerakki, oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin ham bemalol nafas olish mumkin bo‘lsin. Yodda tuting: ikki qavat shartli dokadan bir qavat qalin paxta mato yaxshiroq.

    Qo‘lbola niqobda metall fiksator ishlatgan yaxshiroq, uni masalan, oddiy simdan qilish mumkin, shunda u burunga tig‘izroq tegib turadi. Umuman olganda, niqob tig‘iz turishi kerak (ammo cho‘zilmasligi kerak, aks holda iplar o‘rtasidagi masofa kattalashadi). Agar niqob osilib tursa, uni neylon paypoq bo‘lagi bilan qoplash taklif etiladi, biroq estetik jihatdan bu variant hammaga ham to‘g‘ri kelmaydi.

    Yuqorida tilgan olingan maqola mualliflari uyda niqob yasash bo‘yicha mana bu saytda ko‘proq tavsiyalar beradi. Amerikaning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi saytida hamda Angliya Jamoat sog‘lig‘ini saqlash agentligi saytida ham maslahatlar bor.

    Niqobdan to‘g‘ri foydalanish kerak

    Matoli niqob siz uchun virus manbasiga aylanib qolmasligi va samaradorligini saqlab qolishi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi:

    Niqob nam bo‘lib qolsa, uni iflos qilib qo‘ysangiz yoki qandaydir sababga ko‘ra u orqali nafas olish qiyinlashib qolsa, uni almashtiring. Agar niqob nam va iflos bo‘lsa, uni yopiladigan polietilen paketga soling. Agar niqob quruq va toza bo‘lsa, uni qog‘oz paketga yoki matoli sumkaga soling. Bu Amerikada beriladigan tavsiyalar. JSST tavsiyalariga ko‘ra esa niqobni har doim polietilen paketga solish kerak.

    Matoli niqoblarni har kuni, agar u kirlangan bo‘lsa, tez-tez yuving. Bunda sovun yoki kir yuvish kukunidan foydalaning. JSSTning bundan ham qat’iy tavsiyalariga ko‘ra, niqoblarni 60 darajali suvda yuvish kerak.

    Agar niqobni vaqtincha yechib turish kerak bo‘lsa, uni xavfsiz joyga qo‘yish kerak (qog‘oz paketga), hech kim unga qarab yo‘talmaydigan joy bo‘lsin.

    Niqobni taqish va yechishdan oldin va keyin qo‘llarni yuving. Bu paytda ko‘z, burun va og‘zingizga tegmang.

    Shuni unutmaslik kerakki, niqoblar — choralarning bir qismi xolos. Niqob taqqanman, deb 1-2 metrlik zarur masofani ataylab buzish tavsiya etilmaydi.

    31.10.2020, 23:16   Izoh (0)   30989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiyaning Lion shahridagi grek cherkovi yaqinida otishma yuz berdi. Unda pravoslav ruhoniysi yaralandi

    31.10.2020, 22:15

    AQShda birinchi bor bir sutkada 100 mingdan ortiq odamda koronavirus qayd etildi

    31.10.2020, 21:35

    Rossiya qanday sharoitda Armanistonga yordam berishini ma’lum qildi

    31.10.2020, 20:33

    Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 28 kishiga yetdi

    31.10.2020, 19:34

    Nikol Pashinyan Putindan Rossiya Armanistonga qanday yordam ko‘rsatishini aniqlab olishni so‘radi

    31.10.2020, 18:54

    Italiya, Ispaniya va Polshada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik antirekordlar yangilandi

    31.10.2020, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.