Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 48 yoshli ayol 4-qavat derazasidan tushib ketdi, deya xabar bermoqda shahar IIBB.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Qayd etilishicha, “Bog‘zor” mahallasida yashovchi 48 yoshli V.M. ehtiyotsizligi sababli to‘rtinchi qavat derazasidan yiqilib tushganligi bois shifoxonaga joylashtirildi.

Tuman ichki ichlar organi xodimlari bilan suhbat davomida ayol haqiqatan ham ehtiyotsizligi sababli yiqilganini, uyni tozalash oldidan oila a’zolari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilganini ma’lum qildi. Mast holatda bo‘lgani sababli muvozanatni yo‘qotgan V.M. hech kimga e’tirozi yo‘qligini bildirdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Shu bilan birga, V.M. yaqinda biometrik pasporti, xorijga chiqish pasporti va boshqa hujjatlari bo‘lgan paketni yo‘qotganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Chilonzor Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari unga ushbu masalada yordam berdi. Ayolni bo‘limgacha olib borib, biometrik ma’lumotlar olingandan so‘ng qaytarib uyiga yetkazib qo‘yildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi