Madridning “Real” klubi koronavirus pandemiyasi sabab moliyaviy tomondan inqirozni boshdan kechirmoqda.
Klub budjeti 200 million yevroga qisqartirilishi kutilmoqda. Shuningdek, jamoa 2020/21-yilgi mavsumni ham tomoshabinlarsiz o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, bu ham daromadlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sabablarga ko‘ra, “Real” qishki transfer oynasida xaridlarni amalga oshirmaydi, deya xabar qilmoqda Marca. “Qaymoqranglilar” keraksiz futbolchilarini sotib yuborgan taqdirdagina transfer bozoriga chiqishi mumkin, biroq unda ham xaridlar amalga oshirish ehtimoli juda past.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda “Santyago Bernabeu” stadionida ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Jamoa yozda ham birorta xaridni amalga oshirmagandi.
Zinedin Zidan shogirdlari La Liga 8-turidan keyin 16 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)