Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin egallab turgan lavozimidan ketishga va o‘z karyera yo‘lini VEON kompaniyasi guruhidan tashqarida davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Foto: Beeline Uzbekistan

Afonin bosh direktorlikdan ketishini oilaviy sharoiti va global pandemiya davrida safarlarning cheklangani bilan izohlagan.

“Afonin rahbarligi ostida bir qator yirik va strategik jihatdan muhim tashabbuslar muvaffaqiyatli ishga tushirildi va amalga oshirildi, xususan, ko‘plab yangi tarif hamda xizmatlar joriy etildi. 2020-yilning so‘nggi 10 oyining o‘zida butun respublika bo‘ylab 2000 dan ortiq bazaviy stansiyalar qurildi va aloqa mamlakatning eng chekka burchaklarida ham ishlay boshladi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ayni vaqtda VEON kompaniyasi Beeline Uzbekistan bosh direktorligi lavozimiga yangi nomzodni qidirmoqda. Ta’kidlanishicha, munosib nomzodni topish, shuningdek, o‘zidan keyingi kompaniya yetakchisiga vazifalarni tushuntirish jarayonida Sergey Afoninning shaxsan o‘zi ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, VEON Group Sergey Afoninni 2019-yil 1-martdan Beeline Uzbekistan bosh direktori lavozimiga tayinlagan edi. Bunga qadar u Beeline Russia Janubiy mintaqaviy filiali direktori, Rossiyadagi yirik FMCG-kompaniya tijoriy direktori lavozimlarida ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Salomatlik
Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat