• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank PayPal’ning O‘zbekistonda nima sababdan ishlamasligini tushuntirdi

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov 24-oktabr kuni IT-parkda jurnalist va blogerlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Markaziy bank hozirda PayPal to‘lov tizimi bilan muzokaralarga kirishgani, O‘zbekistonda tizimga ruxsat berilishi va raqobatchi sifatida mamlakatning o‘z pul o‘tkazish tizimi joriy qilinishi mumkinligi haqida gapirgandi. O‘zbekiston Markaziy banki to‘lov tizimining mamlakatda nima sababdan ishlamasligiga tushuntirish berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    PayPal — bu xalqaro to‘lov tizimi bo‘lib, AQShning PayPal Holdings Inc. kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Tashkiliy-huquqiy shakli jihatidan ochiq aksiyadorlik jamiyati (public company) hisoblanadi va aksiyalari Nasdaq birjasida savdo qilinadi.

    Mazkur to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida bank kartalari (Visa, MasterCard, AmEx va h.k.) biriktiriladi va ular orqali pul mablag‘larini elektron hamyonlarga kirim qilish hamda pulni qaytarib olish imkoniyati mavjud. To‘lov tizimi tomonidan undiriladigan haq (komissiya) to‘lovning turiga qarab 3,4 foiz+30 sentgacha, valyutalar konvertatsiyasida esa 3,9 foizni tashkil etadi.

    PayPal O‘zbekiston uchun nimaga kerak?

    Markaziy bank tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan dasturchi-frilanserlar o‘zlari yaratgan dastur va raqamli kontentni (reklama, o‘yin tokenlari va boshqalarni) chet ellik mijozlarga sotish uchun turli xil elektron platformalardan foydalanadi. Mazkur platformalar tomonidan dastur yoki raqamli kontentdan tushgan mablag‘lar yig‘ilib, dasturchi-frilanserlarga to‘lab beriladi.

    Mahalliy dasturchilarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, elektron platformalarning ko‘pchiligi, xususan, eng yirik Google Play Market yoki Apple App Store ilovalar do‘koni tomonidan o‘zbekistonlik dasturchilarga to‘lovlar bank kartalari yoki odatiy bank pul o‘tkazmalari orqali hech qanday muammolarsiz to‘lab berilmoqda.

    Biroq ayrim ixtisoslashgan platformalarda, xususan, Upwork, Fiverr yoki o‘yin tokenlari sotiladigan Envato, Storyblocks va shunga o‘xshash tizimlarda to‘lovlar faqat PayPal to‘lov tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.

    Muammo o‘zi nimada?

    Markaziy bank xabariga ko‘ra, hozirgi kunda PayPal to‘lov tizimida elektron hamyonlarni O‘zbekiston hududida muomalaga chiqarilgan bank kartalarini biriktirgan holda pul mablag‘lari bilan to‘ldirish imkoniyati mavjud emas. “Mazkur cheklovni ushbu to‘lov tizimi O‘zbekistonda biror davlat organi yoki boshqa tashkilot bilan kelishmagan, muhokama qilmagan holda mustaqil ravishda o‘rnatgan”, — deyiladi xabarda.

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan PayPal kompaniyasi bilan o‘tkazilgan dastlabki muzokaralarda kompaniya yaqin kelajakda mazkur tizimni O‘zbekistonda joriy etish rejalashtirilmaganligini bildirgan.

    Markaziy bank PayPal’ga nisbatan cheklov o‘rnatganmi?

    Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun xorijiy to‘lov tizimiga ulanish, shuningdek, respublika banklari tomonidan muomalaga chiqarilayotgan Visa, MasterCard, UnionPay yoki “MIR” kartalarini xorijdagi elektron hamyonlarga biriktirish yuzasidan hech qanday cheklov o‘rnatmagan. “Misol uchun, bugungi kunda fuqarolarimizning WebMoney, Qiwi va boshqa shunga o‘xshash xorijiy elektron hamyonlar tizimlaridan foydalanishi tobora keng tus olmoqda”, — deya ta’kidlanadi Markaziy bank xabarida.

    PayPal o‘rnatgan cheklovni Markaziy bank bekor qila oladimi?

    Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunda elektron pullar muomalasiga, shuningdek, to‘lov tizimlari ustidan nazorat va kuzatuv vakolatiga doir normalar o‘rin olgan.

    Shunga ko‘ra, Markaziy bankning to‘lov tizimlari ustidan nazorat va kuzatuv vakolati respublika hududida faoliyat yurituvchi to‘lov tizimlari faoliyatiga tegishli bo‘lib, boshqa davlatlar, jumladan, AQShda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan to‘lov tizimlariga taalluqli emas.

    “Markaziy bankning to‘lov tizimlari ustidan nazorat va kuzatuv vakolati doirasida PayPal to‘lov tizimidagi O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan kartalarga nisbatan o‘rnatilgan cheklovni ma’muriy yo‘l bilan bekor qilish imkoniyati mavjud emas”, — deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, qachonki PayPal to‘lov tizimi O‘zbekistonda tegishli bo‘linma ochib, milliy valyuta — so‘mda to‘lovlar va amaliyotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u holda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, PayPal Markaziy bankdan tegishli litsenziya olishi va o‘rnatilgan tartibda nazorat va kuzatuv ostida bo‘lishi talab qilinadi.

    Dasturchi-frilanserlar nima qilishi kerak?

    Markaziy bank elektron pullar tizimi reyestriga kiritilgan “Oson”, “Click” va “Payme” to‘lov tizimlaridagi elektron hamyonlarga WebMoney va Qiwi elektron hamyonlari orqali elektron pullarni o‘tkazishni tavsiya qilgan.

    Shuningdek, Markaziy bank respublikadagi tijorat banklari tomonidan Visa, MasterCard, UnionPay xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro kelishuv asosida muomalaga chiqarilayotgan chet el valyutasidagi bank kartalari yordamida internet orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini ta’kidlab o‘tgan.

    “PayPal to‘lov tizimi tomonidan o‘rnatilgan cheklov bekor qilinmaguniga qadar dasturchi-frilanserlar muqobil elektron hamyonlar — WebMoney, Qiwi, “Yandeks.Dengi” xizmatlaridan foydalanishlari yoki to‘lovlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri bank kartalari orqali qabul qilishlari mumkin. Bank kartalari yordamida amalga oshirilgan to‘lovlar narx borasida, ya’ni elektron tijorat subyektlari to‘laydigan komissiyaning nisbatan kamligi (0-2,5 foiz) jihatidan ham eng maqbul vosita bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda PayPal nima sababdan O‘zbekistonda ishlay olmasligi, mamlakat qonunchiligi jismoniy shaxslarga pullarni xorijiy valyutada saqlashga ruxsat bermasligi, elektron hamyonlar esa xorijdagi hisob raqamlarga tenglashtirilishi haqida ma’lumot berilgandi. 2019-yilning oktabrida esa qonunchilikka o‘zgartirish kiritilib, o‘zbekistonliklarga xorijda hisob raqam ochishga ruxsat berildi. Biroq hamon O‘zbekiston PayPal’ga ulanmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda.

    28.10.2020, 22:33   Izoh (0)   43846
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi vazirliklarda ishlayotgan yosh rahbarlar va xotin-qizlar ko‘rsatkichi ma’lum qilindi

    28.10.2020, 22:10

    “Xalq ta’limi bo‘limi mudirlari maktabga poyezdga osilib boradimi?”. Zoir Mirzayev XTB mudirlariga xizmat mashinasi berilmaganini tanqid qildi

    28.10.2020, 21:11

    O‘zbekistonda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida turli imtiyozlar taqdim etiladi

    28.10.2020, 20:58

    2021-yilgi O‘zbekiston davlat budjeti defitsit bilan qabul qilinishi kutilmoqda

    28.10.2020, 20:10

    O‘zbekistonda 700 dan ortiq qishloq vrachlik punkti qaytadan tashkil etiladi

    28.10.2020, 19:09

    “O‘zgidromet” 29-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    28.10.2020, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.