• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi vazirliklarda ishlayotgan yosh rahbarlar va xotin-qizlar ko‘rsatkichi ma’lum qilindi

    Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali O‘zbekistondagi vazirliklarning markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan yoshlar soniga oid statistika bilan bo‘lishdi.

    Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, 20 ta vazirlikning markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan 849 nafar yoshlardan 121 nafari (14,3 foizi) mas’ul (rahbar) lavozimlarni egallagan. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (47,3 foiz) va eng past ko‘rsatkich Sog‘liqni saqlash vazirligi (0 foiz) hamda Tashqi ishlar vazirligida (0 foiz) kuzatilgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, tahlil qilingan 20 ta vazirlikning markaziy apparatida (boshqarmalar hisobga olinmagan) ishlayotgan xotin-qizlar ko‘rsatkichi ham turlicha ko‘rinish olgan.

    Foto: Facebook / Dilnoza Kattaxonova

    Foto: Facebook / Dilnoza Kattaxonova

    “Bunda jami 20 ta vazirlikda ishlab kelayotgan 849 nafar yoshlardan 210 nafarini (24,7 foiz) yosh xotin-qizlar tashkil qiladi. Masalan, gender tengligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Suv xo‘jaligi vazirligida (65,2 foiz), Adliya vazirligida (50 foiz) bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Iqtisodiyot va sanoat vazirligida (4,3 foiz), Tashqi ishlar vazirligida (4,8 foiz), Jismoniy tarbiya va sport vazirligida (6,7 foiz), Qishloq xo‘jaligi vazirligida(6,9 foiz) tashkil qilyapti”, – deb yozadi Kattaxonova.

    Mavzuga doir: “Kimlargadir bu ish yoqmas, lekin menga yoqadi”. Shavkat Mirziyoyev — ayollarning hokim etib tayinlanishi haqida

    “Kun.uz” nashri agentlik rahbariga tayanib, O‘zbekistonda qizlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi bo‘yicha tahlillar bilan bo‘lishgan.

    Unga ko‘ra, hozirda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan qizlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi juda past darajada qolmoqda.

    Bunda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan qizlarning bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan bo‘lsa, qolgan 90 foiz qizlar mehnat bozorida yoki uy yumushlari bilan shug‘ullanadi, mustaqil, yakka tartibda ta’lim oladi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘qishga hujjat topshirgan qizlar soniga nisbatan talabalikka tavsiya etilgan qizlar ko‘rsatkichi eng yuqori (18-17 foiz), Toshkent viloyatida esa eng past (6 foiz) (eng yuqori ko‘rsatkichga ega hududlardan 3 barobar kam) tashkil etadi.

    Bunda o‘rganishlar Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa va So‘x tumanlari, Navoiy viloyatining Tomdi tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani, Andijon viloyatining Qorasuv tumanida qizlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishga qiziqishi past ekanligini ko‘rsatgan.

    “Bu esa o‘z navbatida mazkur hududlarda yosh xotin-qizlar kelajakda raqobatbardosh kadrlar sifatida o‘zlarini namoyon qilishlari murakkab kechishini ko‘rsatib turibdi”, – dedi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari.

    28.10.2020, 22:10   Izoh (0)   13597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xalq ta’limi bo‘limi mudirlari maktabga poyezdga osilib boradimi?”. Zoir Mirzayev XTB mudirlariga xizmat mashinasi berilmaganini tanqid qildi

    28.10.2020, 21:11

    O‘zbekistonda “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida turli imtiyozlar taqdim etiladi

    28.10.2020, 20:58

    2021-yilgi O‘zbekiston davlat budjeti defitsit bilan qabul qilinishi kutilmoqda

    28.10.2020, 20:10

    O‘zbekistonda 700 dan ortiq qishloq vrachlik punkti qaytadan tashkil etiladi

    28.10.2020, 19:09

    “O‘zgidromet” 29-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    28.10.2020, 18:59

    Buxoroda AQSh kompaniyasi bilan birgalikda kannabis yetishtirish klasteri tashkil etilishi mumkin

    28.10.2020, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.