Shamollash mavsumida qo‘y go‘shtidan tayyorlangan taom inson organizmi uchun juda foydali hisoblanadi. Ajoyib taomning ham mazasidan, ham immunitet uchun foydasidan bahramand bo‘ling.
Kerakli mahsulotlar:
- Qo‘y go‘shti – 150 gramm;
- Behi – 180 gramm;
- Piyoz – 100 gramm;
- O‘simlik yog‘i – 4 osh qoshiq;
- Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar.
Behi o‘rtacha bo‘laklarga bo‘linadi.
Qo‘y go‘shti ham bo‘laklanib, tovada qizigan yog‘ga solinadi.
Yengil qovuriladi.
Ustidan behi va piyoz solinadi.
Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
5 daqiqa davomida qovuriladi va idishlarga suziladi.
Ko‘katlar bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)