Daryo

Qo‘y go‘shtidan pechda mazali taom tayyorlaymiz

Taomni ko‘katlar bilan bezang

1 daqiqa o‘qish42 002 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Super Woman

Qorinni uzoq vaqt to‘q tutadigan va mazali retsept bilan bo‘lishamiz.

Foto: Super Woman
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Qo‘y go‘shti — 700 gr
  • Piyoz — 2 dona
  • Margarin — 100 gr
  • Kartoshka — 0,5 kg
  • O‘simlik yog‘i
  • Tuz, murch
Tayyorlanish jarayoni:
  • Idishda margarinni eritib, go‘sht bo‘laklarini qovurib oling.
  • Piyozni dumaloq shaklda to‘g‘rab, go‘shtga qo‘shing va yana 5 daqiqa qovuring.
  • Tuz, murch seping, 1 stakan suv soling.
  • Qopqog‘ini yopib, 1 soat past olovda pishiring.
  • Kartoshkani o‘rtacha qalinlikda to‘g‘rab qovurib oling.
  • Pechda pishirishga mo‘ljallangan idishga go‘sht va kartoshkani terib chiqing, ustidan go‘sht pishgan sousini quying.
  • 180 daraja qizigan olovda 20 daqiqada pishirib oling.
  • Taomni ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar