O‘zbekiston sentabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga 2020-yilning 9 oyida xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p.
Bu yil Xitoydan – 52 ta, Janubiy Koreyadan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.
Avvalroq O‘zbekistonga qancha hajmda mebel, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, mobil telefonlar va televizor import qilingani xabar qilingandi.
Izoh (0)