• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Istanbullik kelin” − Asli Enverning oilasi, bolaligi, qiziqishlari, muammolari haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar (foto)

    Asli Enver 1984-yil 10-mayda Londonda tug‘ilgan. Aslining otasi kiprlik, onasi esa Istanbuldan. Juftlik Angliyada uchrashdi va shu sababli Asli vatanidan uzoq joylarda dunyoga kelgan.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Bolaligi

    Asli 12 yoshigacha oilasi bilan Londonda yashadi va shundan so‘ng Istanbulga qaytdi. Aslining ota-onasi ko‘p o‘tmay ajrashishga qaror qildi. Asli esa ikki akasi bilan onasining yonida qoldi. Aslining oilasi bilan Istanbulga ko‘chib kelganidan so‘ng u yerga moslashishi qiyin bo‘lgan. Sababi u turkchani bilmasdi, uni o‘rganishi kerak edi.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    “Avvaliga hayotimda bo‘layotgan o‘zgarishlar men uchun qiyinchiliklar tug‘dirgan. Men o‘shanda 12 yoshda edim. Biz Istanbulga ko‘chib kelganimizda hech narsani tushunmaganman, turkchada yozish, o‘qishni-ku umuman aytmasa ham bo‘ladi.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Onam meni Mujdat Gezen teatr maktabiga yuborishga qaror qildi. Tez orada u yerdagi bolalar bilan do‘stlashib ketdim. Oradan bir hafta o‘tishi bilan menga boshqa hech narsa kerak emasligini angladim. O‘z orzularim amalga oshishiga yaqin ekanligini tushunib yetgandim. Chunki bolaligimdan aktrisa bo‘lishni, teatrda rol ijro etishni yaxshi ko‘rardim”, − deydi aktrisa.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Ta’lim

    Asli Enver san’atga muhabbati tufayli tasviriy san’at maktabida tahsil oldi. Keyinchalik Xalich universitetining teatr fakultetini tamomladi.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Asli Enver o‘zining xarakterini quyidagicha ta’riflaydi:

    “Ilgari men uyatchan bo‘lganman. Lekin do‘stlarim davrasida o‘zimni erkin his etaman. Ammo tashqi ko‘rinishim bunga unchalik ham mos kelmaydi. Vaqt o‘tishi bilan o‘zim uchun muammolar yaratish behuda ekanligini angladim. Men qanday bo‘lsam, shundayligimcha edim. Biror narsani yashirishni, bo‘rttirishni bilmaganman. O‘ttiz yoshdan oshgandan keyin esa o‘zimni yanada erkin his qila boshladim”.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Tabiatan quvnoq insonman. Men bilan muloqot qilish oson, albatta. Har qanday muammoni suhbat orqali hal qilishga ustaman. O‘zimni ifodalashda biror muammo yo‘q.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    O‘qishdagi muammolar

    Asli Enverda disleksiya mavjud edi, u o‘qishda qiyinchilikka uchrashini o‘zi ham tan oladi.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    “Men hattoki ssenariylarni ham qalamsiz o‘qiy olmayman. Planshetda o‘qiganda ham qatorlarning ostiga chizishim kerak. Bu juda qiynab yuboradi. Shuning uchun ko‘proq audiomatnlar tinglayman. Tarjimayi hollarni o‘qishni yaxshi ko‘raman, ammo bu oson emas. Bilimimni oshirish uchun ko‘plab hujjatli filmlarni tomosha qilaman”, deya qo‘shimcha qiladi Asli.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Shuningdek, Asli Enverning manzil topishida xotirasi biroz sust. U 10 marta tashrif buyurgan joyini ham keyingi safar topa olmasligi mumkin.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Hayotga va muhabbatga qarash

    Aktrisaning fikriga ko‘ra, chinakam juftliklar bir-birini o‘zgartirishga yoki ikkinchi yarmi uchun o‘zgarishga urinmasligi kerak.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    “Kimligidan qat’i nazar, u uchun o‘zini xursand qiladigan narsadan voz kechishi g‘alati, albatta. Ikkisi ham o‘z holicha qolishi kerak. Yoqmagan odatlar uchun murosaga kelgan ma’qul. Sevgi bo‘lsagina bunga kuch topish mumkin”, deb ta’kidlaydi yulduz.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Shuningdek, u ayni damlarda insonlar bir-biriga shafqatli bo‘lish o‘rniga ko‘proq qoralash bilan ovoraligidan hayratda. Aktrisa buni jamiyatning asosiy muammosi deb biladi.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Karyerasi

    Aktrisa har qanday kasbning muvaffaqiyatida iste’dod va uzluksiz mashg‘ulotni muhim deb biladi. Aktyor uchun birinchi o‘rinda iste’dod bo‘lishi kerak, agar u yaxshi ta’lim olgan bo‘lsa, ikki karra yaxshi. Ammo shunchaki chiroy bo‘lsa-yu, iste’dod, kasbga doir bilimlar yetarli bo‘lmasa, undan tayinli san’at insoni chiqmasligi ehtimoli ko‘proq, degan fikrda.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Aktrisa o‘z kasbini yaxshi ko‘radi va hech qachon bu faoliyatni tark etaman, deb o‘ylamaydi.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Kelajak haqida orzular

    Turk kinosi yulduzi kelajak haqida juda oddiy orzu qiladi – baxtli bo‘lish. Shuningdek, uning uchun eng muhim narsa – ichki xotirjamlik.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Asli so‘nggi paytlarda to‘g‘ri ovqatlanish va sportga ko‘proq ahamiyat bera boshladi. U sabzavotlar iste’mol qilishga odatlangan. Makaron mahsulotini esa ratsionidan chiqarib yuborgan. Sport bilan muntazam emas, qachonki vaqti topganida shug‘ullanadi. Lekin boks uni tetiklashtiradi va rag‘batlantiradi. Aktrisa tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, sohildan ko‘ra o‘rmonda sayr qilishni yoqtiradi.

    Instagram / @aslienver

    Instagram / @aslienver

    Aktrisa deyarli gadjetlardan foydalanmaydi, faqatgina ish yuzasidan ularni ishlatishi mumkin. Ayniqsa, Instagram sahifasida ham faol emas, garchi 6 million obunachisi bo‘lsa-da. Shuningdek, sahifaga har kuni surat joylashtirish Asli uchun emas.

    Foto: Instagram / @aslienver

    Foto: Instagram / @aslienver

    Uning sevimli shahri – London. Asli, albatta, biror narsa sotib olishi kerak bo‘lgandagina do‘konga boradi. Interyer dizaynga juda qiziqadi, uyida ham hamisha eng kichik detallarni o‘zgartirib turishga harakat qiladi.

    Mavzuga doir:

    • Zuleyha – Hilal Altinbilek hayotda ham serialdagi partnyoriga ko‘ngil qo‘yganmi?
    • “Qora niyat”dagi Yildiz — Eda Eje haqida nimalarni bilamiz?
    • 40 yoshdagi debyut, saraton ustidan qozonilgan g‘alaba: “Muhtasham yuz yil” va “Zuleyha”dagi aktrisa Vahide Gerdyum haqida nimalarni bilamiz?

    23.10.2020, 08:54   Izoh (0)   42556
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Bir necha oylik sirni oshkor qilgan Zarina, Mavluda Asalxo‘jayeva oilasidagi to‘y, Obid Asomovni xotirlayotgan san’atkorlar

    22.10.2020, 22:23

    Eng chiroyli ko‘zlarga ega Bollivud aktrisalari (foto)

    22.10.2020, 13:22

    Restoran biznesini yo‘lga qo‘ygan Gollivud aktyorlari (foto)

    22.10.2020, 08:34

    Instagram: Munisaga uyushtirilgan syurpriz, Shahlo xonadonidagi shohona ziyofat, gunohlari to‘kilishini so‘rayotgan Jasur Umirov

    21.10.2020, 22:41

    Omma e’tiborini tortish uchun o‘zini sevishgan juftliklardek ko‘rsatgan mashhurlar (foto)

    21.10.2020, 19:23

    Aktrisa Jamila G‘ofurova uchinchi bor ona bo‘ldi

    21.10.2020, 17:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 14:38

    Yurishdan ham yaxshiroq: olimlar miya uchun eng foydali jismoniy faollik turini aniqladi

    Layfstayl | 25 iyun, 14:35

    O‘zbekistonda ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 14:35

    Rasman. “An-Nassr” Stefano Piolini iste’foga chiqardi

    Sport | 25 iyun, 14:30

    Xitoydagi ko‘rshapalaklarda odamga yuquvchi yangi viruslar aniqlandi

    Dunyo | 25 iyun, 14:22

    Jasmin 15, Oppog‘oy 14 yoshda: sevimli multqahramonlarimizning yoshi haqidagi hayratlanarli faktlar

    Layfstayl | 25 iyun, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.