“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduda koronavirus aniqlandi va o‘yinchi izolyatsiyaga olingan.
Portugaliyalik forvard Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida “Barselona”ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok eta olmasligi mumkin.
UEFA reglamentiga ko‘ra, o‘yinchi uchrashuvdan yetti kun avval COVID-19 testidan o‘tishi kerak.
“Barselona”ga qarshi o‘yin 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ronaldu 21-oktabrda koronavirus testidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Krishtianu tahlillar virus yo‘qolganini ko‘rsatgan taqdirdagina o‘yinda ishtirok etish uchun ruxsat oladi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 8-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Portugaliyalik futbolchi A Seriya doirasidagi “Krotone” va “Verona”ga qarshi o‘yinlarni, shuningdek, Chempionlar Ligasida “Dinamo Kiyev” bilan o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)