“Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduda koronavirus aniqlandi.
Portugaliya terma jamoasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 35 yoshli futbolchining COVID-19 virusiga topshirgan testi ijobiy natija bergan.
Ta’kidlanishicha, futbolchida kasallik alomatlarsiz kechmoqda va u izolyatsiga olingan.
Shu tariqa Krishtianu Millatlar Ligasi doirasida 14-oktabr kuni Shvetsiyaga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)