• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, Oltiariq va Parkent uzumini xalqaro brend sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda qayd etilishicha, intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi. O‘zbekiston bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketgan. “Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e’tibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yo‘q”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

    Ta’kidlanishicha, aksariyat ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari bo‘yicha murojaatlar ilmiy ishni tezroq ro‘yxatdan o‘tkazib olish maqsadida qilinmoqda. Bu boradagi talablar ham eskirib qolgan.

    Yig‘ilishda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirib, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, har bir idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama qilindi.

    Adliya vazirligi va Intellektual mulk agentligiga barcha idoralar va hududlar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng muhokama qilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan uch yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Intellektual mulk yaratuvchilarini rag‘batlantirish, patent egalarini mukofotlash kabi imtiyozlar tizimini joriy qilish zarurligi ta’kidlandi.

    Ma’lum qilinishicha, mamlakatda yiliga 4500 atrofida intellektual mulk obyekti, jumladan, 2 mingdan ziyod tovar belgilari ro‘yxatdan o‘tadi. Misol uchun, Navoiy kon-metallurgiya kombinati so‘nggi o‘n yilda 35 ta ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard so‘mdan ortiq iqtisodiy samara ko‘rgan. Bu ishlanmalarni boshqa davlatlarning oltin qazish korxonalariga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Lekin bunday ixtirolar xorijda ro‘yxatdan o‘tkazib kelinmoqda. Chunki mamlakatda qiymatni baholash tizimi amalda ishlamayapti. Buning oqibatida ko‘plab ishlanmalar tijoratlashtirilmay qolib ketmoqda.

    Shu bois Butunjahon intellektual mulk tashkiloti mutaxassislari bilan baholovchilar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

    Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning birinchi choragida sanoat mulki patentlari platformasini yaratib, unga sanoat tarmoqlaridagi intellektual mulk obyektlarini joylashtirib borish, viloyatlardagi korxonalar va oliy o‘quv yurtlarining intellektual mulk obyektlari bazasini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Qayd etilishicha, 2019-yilda 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutug‘i ro‘yxatga olingan bo‘lsa-da, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilgan. Shu bois bunday ilmiy yutuqlarning “elektron yarmarkasi”ni tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.

    Davlat rahbari mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

    Bugungi kunda mamlakat sanoatining bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Lekin bu juda kam. Aslida esa imkoniyatlar talaygina.

    Masalan, Chust pichog‘i, Samarqand noni, Marg‘ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib, xalqaro bozorda faol targ‘ib qilish mumkin.

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy brendlarning xalqaro ro‘yxatdan o‘tishini ko‘paytirish, ularning xalqaro bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yuridik universitet hamda joylardagi huquqshunoslik fakultetlarida tadbirkorlar uchun intellektual mulkni yaratish va himoya qilish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilishi belgilandi.

    Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

    “Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O‘zbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi bo‘lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallay oladi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro‘yxatdan o‘tkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga to‘siq bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilib, bunday holatlarni tartibga solish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

    Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mamlakatda san’at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanish, undan daromad olish holatlari keng tarqalgan va bu ham muammolardan biri hisoblanadi.

    Misol uchun, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, oylik to‘lov undiradigan onlayn kinoteatrlarda 30 mingdan ortiq kino, serial, qo‘shiq, multfilmlar joylashtirilgan bo‘lishiga qaramasdan, bundan mualliflar moddiy manfaat ko‘rmaydi.

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Intellektual mulk agentligiga mamlakatda ro‘yxatga olingan ko‘ngilochar saytlar, radio va telekanallarni o‘rganib, mualliflar manfaatlarini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

    Mavzuga doir: Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi intellektual mulk huquqlarini buzgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini e’lon qildi

    12.10.2020, 22:12   Izoh (0)   18542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Millat sha’nini tushirish uchun emas, yuksaltirish uchun shunday taklif bergandik”. Samarqand hokimi oqsoch ayollar masalasidagi gapiga izoh berdi

    12.10.2020, 21:41

    Akademik Shavkat Akmalxonov 87 yoshida vafot etdi

    12.10.2020, 21:26

    MIB Samarqanddagi qarzdor korxonadan 416 mln so‘m undirdi

    12.10.2020, 20:42

    Toshkentda Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

    12.10.2020, 20:27

    OAV: Shuhrat G‘aniyev koronavirus bilan kasallandi

    12.10.2020, 20:12

    O‘rta Chirchiqda karantin qoidalarini buzib, xo‘roz o‘yinlarida qatnashgan 124 nafar shaxs qo‘lga olindi

    12.10.2020, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.