Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan “Sherzod building system” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchilar — Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 362 million so‘m soliq qarzdorligi va “Anvar Zamon Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 54 million so‘m undirilgan. Bu haqda “Daryo”ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan, qarzdor “Sherzod building system” MChJdan 362 million so‘m soliq qarzdorligi va Samarqand shahar iqtisodiy sudining sud hujjatiga asosan, “Anvar Zamon Nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 54 million so‘m undirish belgilangan.
Mazkur hujjat Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish uchun qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi so‘rov xatlari yuborilgan.
Izoh (0)