Toshkentda 22-oktabrga qadar Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismidagi beton to‘siqlarni ta’mirlash ishlari olib boriladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Shu sababli har kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar mazkur yo‘l avtomobillar qatnovi uchun qisman yopiladi.
Ushbu yo‘lga yondosh bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘lishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)