• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Puli talangan “Jaloliddin”, salqinda oynani qoraytiramizmi, kimlar daromadini deklaratsiyalaydi?

    Bu hafta xalqimiz hayotiga daxldor yangiliklarga boy bo‘ldi. Dayjestimizni boshladik.

    Hafta davomida tarqalgan bir video jamoatchilikning ta’bini tirriq qildi. Gap eri zo‘ravonlik qilib bolasining axlatini yedirgan ayol haqida ketmoqda. Ushbu video jamiyatda ayollarning qadri, o‘rni kabi masalalarni yana muhokama mavzusiga aylantirdi. Bu qadar jirkanch ishga o‘z ayolini majburlab, yana videoga oldirgan erkak nomiga ko‘plab darg‘azab ayblovlar yangradi. Ma’lum bo‘lishicha, bu oila Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi. 46 yoshli er ayolini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan. Ayolga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Zo‘ravon er qo‘lga olindi.

    7-oktabr kuni ayolga himoya orderi berildi. Ayni paytda ayol va uning voyaga yetmagan bolalari Og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtincha joylashtirildi. Erkak uch yilgacha qamalishi mumkin.

    * * *

    Katta shov-shuvlar bilan boshlangan “Mendirman Jaloliddin” seriali loyihasining ortidan g‘avg‘o chiqdi. Katta loyihaning katta puli talon-toroj qilingani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti mutaxassislari tomonidan “O‘zbekkino” Milliy agentligida o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgan.

    Aytilishicha, “Mendirman Jaloliddin” serialiga davlat mablag‘i sarflanmagan, uni Orient Finans Bank moliyalashtirgan. Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, serialga ajratilgan 533 million so‘m mablag‘ qaytarilgan.

    * * *

    Kuzning o‘rtasi yaqinlashgani sari havo salqinlashib, oynasi qoraytirilgan mashinaga tobora ehtiyoj kamayib borayotgan paytda “tonirovka” narxini arzonlashtirib qo‘yishdi. M1 (yengil avtomobillar), N1 va N2 toifaga oid yuk mashinalari orqa yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 115 000 so‘m) etib belgilandi. Bunga qadar ushbu miqdor BHMning 10 baravari (2 230 000 so‘m) edi. Qolaversa, faqat yengil avtomobillarga oynasining tusini qoraytirishga ruxsat etilgan edi.

    Yuridik shaxslar uchun orqa yon oynani qoraytirish uchun to‘lov miqdori o‘zgarmagan — BHMning 10 baravari (2 230 000 so‘m).

    * * *

    Hukumatni yiqitish borasida belaruslarga “master-klass” ko‘rsatayotgan Qirg‘izistonda tobora tartibsizliklar avjga minmoqda. Qo‘shning tinch – sen tinch. Qirg‘izistondagi to‘polonlar O‘zbekistonni ham xavotirga solmoqda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 6-oktabr kuni Qirg‘izistondagi voqealarga munosabat bildirdi. Bayonotda aytilishicha, O‘zbekiston yaqin qo‘shni va strategik sherik sifatida qardosh Qirg‘izistondagi vaziyatning mamlakat konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq, tez orada barqarorlashuviga umid qiladi. 8-oktabr kuni esa Turkmaniston rahbari bilan O‘zbekiston rahbari telefon orqali Qirg‘izistondagi vaziyatni muhokama qildi. Shundan keyin O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalari prezidentlari Qirg‘izistondagi voqealar yuzasidan qo‘shma bayonot bilan chiqdi. “Qirg‘izistonning ravnaqi mintaqaviy xavfsizlik va butun Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishining muhim omilidir. Mamlakatlarimizning o‘tmishi bir, kelajakni birgalikda barpo etadi”, deb ta’kidlangan bayonotda.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    So‘nggi yillar ichida O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan aloqasi ancha iliqlashdi, chegara bahslarining bir qismi yechildi. Kunchiqardagi qo‘shnilar bilan savdo aloqalari mavjud. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va maishiy texnika, avtomobillar sotsa, qirg‘iz tomoni oziq-ovqat, jumladan, sut, go‘sht mahsulotlari yetkazib beradi. Farg‘ona vodiysi aholisi Qirg‘izistondan uchinchi davlatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qiladi, bundan tashqari, qo‘shni davlatda o‘zbek mehnat muhojirlari bor.

    * * *

    Agar metro uchun avvaldan bir cho‘ntak jeton xarid qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, tezda ishlatib yuboring, chunki ular tez orada keraksiz bo‘lib qoladi. Toshkent shahar jamoat transporti — avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilmoqda. 3-yanvardan maxsus transport to‘lov kartalari sotuvga chiqarildi. To‘lov kartalarining narxi 11 000 so‘m. Har bir kartaga oldindan bir martalik to‘lov miqdori yuklangan. Karta orqali bir martalik yo‘l haqi 1 400 so‘m. Kartalar hisobini bank plastik kartalaridagi mablag‘ va naqd pul bilan yuqoridagi shoxobchalarda to‘ldirish imkoni bor.

    Foto: Transport vazirligi

    Foto: Transport vazirligi

    Tez orada kartalar hisobini bankomatlar, kiosklar, to‘ldirish terminallari hamda mobil ilovalar orqali ham to‘ldirish imkoniyati yaratiladi. Pensionerlar, o‘quvchi-talabalar va qonunda belgilangan imtiyozga haqli fuqarolar uchun chegirmalar saqlanib qoladi.

    * * *

    7-oktabr tongida Sirdaryoning Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirusga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni portladi. Mutaxassislarning aytishicha, portlash kelib chiqishiga ballonlardagi kislorodga moy qoldiqlarining aralashgani sabab bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Gulistondagi portlash oqibatida fuqarolarga tan jarohati yetgan, vafot etganlar yo‘q, deb axborot berdi. Portlash to‘lqini bino devori va oynalarini sindirib tashlagan. Portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

    Foto: Telegram / @sirdaryo

    Foto: Telegram / @sirdaryo

    Bu portlash koronavirus bemorlarini davolayotgan markazlarni sergaklikka chorladi. Xususan, Namangan hokimi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonalarning xavfsizlik holatini ko‘zdan kechirib chiqdi.

    Qizig‘i, Sirdaryodagi portlash oqibatlari rasmi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, koronabemorlar soni viloyat berayotgan rasmiy statistikadan ko‘proqligi sezilib qoldi.

    Umuman olganda, bemorlar sonini kamaytirib ko‘rsatish birgina Sirdaryoda deb bo‘lmaydi. @davletovuz kanalini o‘qib ko‘ring-a:

    Shu yilning 5-oktabr kunidagi rasmiy statistikaga ko‘ra, Samarqand viloyatida 143 nafar kishi koronavirus asoratlaridan davolanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovga ko‘ra, bugungi Samarqandda shifoxonalarda 1 155 nafar bemor davolanmoqda. “Kimga kerak 10 baravar qisqartirib? Balki korrupsiyamasdir. Sabablarini o‘rganishimiz kerak. Hamma viloyatlarda shu ahvolligini aniq ayta olishimiz mumkin”, deydi u.

    Andijon viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, 7-oktabrda viloyatda COVID-19 bemorlari uchun hozirgi kunda jami 2 152 ta maxsus jihozlangan, kislorod bilan ta’minlangan alohida zaxira joylari mavjud. Lekin Telegram-kanallarda tarqayotgan rasmlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Yuraging larzaga keladi. Vaholanki, Andijonda, 6-oktabr kungi rasmiy statistikaga ko‘ra, 100 nafar atrofida odam davolanmoqda, xolos...

    * * *

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov davlat budjetidan oylik pul oladigan barcha davlat xizmatchilari deklaratsiyalanishi lozimligi haqida gapirdi:

    Bizning maqsadimiz davlat budjetidan maosh oladigan hammaning mol-mulki deklaratsiyalanishi kerak. Davlat rahbaridan tortib, hukumat rahbari, sudyalar, prokurorlar, hokimlar, vazirlik idoralari rahbarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlarining hammasi deklaratsiyalanadi. Faqat bu bosqichma-bosqich, ya’ni eng yuqoridan boshlab pastga qarab ketiladi. Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligining sababi — tizim bo‘lishi kerakligida.

    Akmal Burhonov

    Bu tizim kelasi yildan boshlab joriy qilinadi va besh yilda to‘la tatbiq etiladi. Aniqrog‘i, O‘zbekistondagi davlat xizmatchilarining daromadlari to‘la deklaratsiya etilishiga erishish uchun besh yil kerak. Bu muddat ichida bobolarimiz fashizmni yengganini hisobga olsak, muddat xiyla uzoq ko‘rinadi.

    Sizga COVID-19 yuqqan yoki yuqmaganidan qat’i nazar, gigiyena qoidalariga rioya qiling. “Daryo”da qoling, eng yangi xabarlarni bizda o‘qing.

    11.10.2020, 23:41   Izoh (0)   63071
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MIB farg‘onalik tadbirkorning buzilgan do‘koni uchun hokimiyatdan 148 mln so‘m undirdi

    11.10.2020, 22:42

    Dehqonobodda to‘yiga 30 kishidan ko‘p mehmon chaqirgan 9 ta to‘y egasi va 1 nafar to‘yxona rahbariga ma’muriy bayonnoma tuzildi

    11.10.2020, 22:24

    Qoraqalpog‘iston rahbari Murat Kamalov senator etib saylandi. Endi u O‘zbekiston Senati raisiga o‘rinbosar bo‘ladi

    11.10.2020, 21:23

    Shofirkon hokimi xalqdan, Prezidentdan uzr so‘rayotganda mudragan mas’ullardan biri sobiq hokim ekanligi ochiqlandi

    11.10.2020, 15:23

    Foto: Zomin tog‘lariga tushgan birinchi qor

    11.10.2020, 13:42

    Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in kuzatildi (video)

    11.10.2020, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.