Janubiy Amerika mintaqasi jamoalari o‘rtasida 2022-yilgi Jahon Chempionatining saralash bosqichi 9-oktabr, juma kuni start oldi.
Argentina jamoasi o‘z maydonida Ekvadorni qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Lionel Messi penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni ochdi. Mazkur gol amalda o‘yin taqdirini hal qilib berdi.
Urugvay terma jamoasi Chiliga qarshi o‘yin o‘tkazdi. 39-daqiqada Luis Suares jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Aleksis Sanches muvozanatni tikladi. Urugvayliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Maksi Gomesning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Yana bir o‘yin Paragvay va Peru jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda jamoalar jangovar durang qayd etdi.
JCh—2022 saralashi, KONMEBOL
1-tur bahslari
9-oktabr, juma
Argentina — Ekvador 1:0
Gol: 1:0 – 13, penalti Messi.Argentina: Armani, Otamendi, Talyafiko, Montiyel (Foyt, 84), Akunya (Salvio, 66), de Paul, Martines, Okampos (Dominges, 84), Paredes, Martines (Alario, 76), Messi.
Ekvador: Dominges, Arreaga, Ferigra (Presiado, 46), Estupinyan, Arboleda, Franko, Ibarra (Plata, 64), Grueso, Mena (Estrada, 87), Valensiya, Kaysedo (Ibarra, 79).
Ogohlantirishlar: Paredes (21), Valensiya (43), Otamendi (78).
Urugvay — Chili 2:1
Gollar: 1:0 – 39, penalti Suares, 1:1 – 54 Sanches, 2:1 – 90+3 Maksi Gomes.Urugvay: Kampanya, Kaseres, Godin, Vinya, Koates, de Arraskaeta (Rodriges, 76), Valverde, de la Krus (Nandes, 56), Bentankur (Arambarri, 76), Suares, Rodriges (Maksi Gomes, 87).
Chili: Aryas, Syerralta, Dias (Roko, 83), Dias, Vegas, Vidal, Arangis, Sanches, Baesa, Vargas (Davila, 68), Fuensalida (Pinares, 68).
Ogohlantirishlar: Koates (55), Bentankur (59), Syerralta (75), Baesa (90), Maksi Gomes (90).
Paragvay — Peru 2:2
Gollar: 0:1 – 52 Karrilyo, 1:1 – 66 Romero, 2:1 – 81 Romero, 2:2 – 85 Karrilyo.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)