Madridning “Real” klubi yozgi transferlar oynasida xarid amalga oshirmadi.
AS xabariga ko‘ra, bunaqasi “Qirollik klubi” bilan 40 yil deganda ilk bor kuzatildi. So‘nggi bor madridliklar 1980-yilning yozida transferlarga qo‘l urmagandi.
2020-yilning yozida Madrid shahri klubi faqat ijaradan qaytgan futbolchilari orqali tarkibni kuchaytirdi. Bular: darvozabon Andrey Lunin, himoyachi Alvaro Odriosola va yarim himoyachi Martin Edegor.
Yevropada yozgi transferlar oynasi Markaziy Yevropa vaqti bilan 5-oktabrdan 6-oktabrga o‘tar kechasi 00:00 da yopildi. “Real” bu vaqtga qadar hech qanday xarid amalga oshirmadi.
Shu bilan birga “Real” bir qator futbolchilari bilan xayrlashdi. Xames Rodriges (“Everton”) va Ashraf Hakimi (“Inter”) sotib yuborilgan bo‘lsa, Garet Beyl (“Tottenhem”), Takufusa Kubo (“Vilyarreal”), Borxa Mayoral (“Roma”) va Dani Sebalyos (“Arsenal”) ijara asosida jamoani tark etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)