Yevropada transferlar oynasi 5-oktabr, dushanba kuni yopildi. Uning natijalariga ko‘ra, sarf-xarajatlar bo‘yicha “Chelsi” birinchi o‘rinni egalladi.
Londonliklar 7 futbolchini sotib olish uchun 271 million yevro sarfladi. Bular: Kay Haverts (80 million yevro), Timo Verner (53 million yevro), Ben Chilliuel (50,2 million yevro), Hakim Ziyosh (40 million yevro) va Eduard Mendi (24 million yevro), shuningdek, klub Malang Sarr va Tiago Silvani erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha keyingi o‘rinlarni “Manchester Siti” (156,8 million yevro) va “Barselona” (124 million yevro) egalladi.
Transfer oynasidagi kutilmagan natijalar qatorida esa Portugaliyaning “Benfika” (98,5 million yevro) va Italiyaning “Parma”ning (76,4 million) sarf-xarajatlari qayd etildi.
Mavzuga doir: “Barselona” 2020-yil yozgi transferlar oynasida futbolchilar sotuvidan eng ko‘p pul ishlagan klub bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)