“Barselona”, “Napoli” va “Ayaks” klublari Yevropada 2020-yildagi yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchilar sotuvidan eng ko‘p daromad ko‘rgan klublar bo‘ldi.
“Barselona” 6 futbolchisini sotish orqali 126,5 million yevro ishlab oldi. Kataloniyaliklar Arturni “Yuventus”ga 72 million yevro, Nelson Semeduni “Vulverhempton”ga 30 million yevro, Karles Peresni “Roma”ga 11 million yevro, Marko Kukurelyani “Xetafe”ga 10 million yevro, Ivan Rakitichni “Sevilya”ga 1,5 million yevroga sotdi. Shuningdek, Jan-Kler Todibo “Benfika”ga 2 million yevroga ijaraga berildi.
“Napoli” 11 futbolchisini 114,48 million yevroga sotgan bo‘lsa, “Ayaks” 4 o‘yinchisini 101 million yevroga pullagan.
Qayd etish joiz, sof foyda bo‘yicha birinchi o‘rinni “Bayer” (64 million yevro) egallagan. Keyingi o‘rinlardan esa “Ayaks” (60,25 million) va “Lill” (53,7 million) joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)