O‘zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan Xitoyning “Chanchun Yatay” klubini tark etdi. Bu haqda xitoyliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Babayan 2019-yilning noyabrida “Chanchun Yatay” bilan shartnoma imzolagandi. “Championat.asia”ga ko‘ra, o‘zbekistonlik mutaxassisning iste’fosi jamoa natijalari bilan bog‘liq emas.
“Chanchun Yatay” Xitoy ikkinchi divizioni C guruhida 7-turdan keyin 14 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda ketayotgandi.
Ma’lumot uchun, murabbiylik faoliyatini “Paxtakor”da boshlagan Babayan keyinchalik Latviyaning “Spartak” va Toshkentning “Lokomotiv” klublarida ishlagan. Shuningdek, mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasiga ustozlik qilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)