“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya chempionatining 4-turi doirasida o‘tkazilgan “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvdan (6:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Manchester Yunayted” oxirgi vaqtlarda ko‘p ham yutqazmayapti, o‘z darvozasidan 6 ta gol o‘tkazib yuborishini esa har kuni ham ko‘ravermaysiz.“Tottenhem” Premyer Liganing 4-turidan so‘ng 7 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda o‘z maydonida “Vest Hem”ni qabul qiladi.Tarixiy g‘alaba, ammo biz uchun muhimi uch ochko. Chunki biz o‘z uyimizda besh ochko yo‘qotgandik. O‘yinga taktik va ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, jamoa optimal holatda edi. O‘yinchilar shu darajada tayyor ediki, birinchi daqiqadagi penalti va 0:1 hisobi ham ularga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi.
Ba’zilar buni uzoq vaqt davomida 10 o‘yinchiga qarshi o‘yin (28-daqiqada “Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal o‘yindan chetlatildi) deb aytishi mumkin. To‘g‘ri, bu haqiqat. Ammo men uchun ham haqiqat mavjud — biz 11 ga 11 holatida ham juda yaxshi o‘ynayotgandik va 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotgandik. Ular esa jamoamizni ushlab qolish yo‘llarini topa olmayotgandi.
Joze Mourinyo, “Tottenhem” bosh murabbiyi
Mavzuga doir:
- Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatidagi esdan chiqmaydigan mag‘lubiyati qaysi ekanligini aytdi
- Joze Mourinyo: “Zidan Beylning “Real”dan ketganidan xursand, biz esa uni kelganidan mamnunmiz”
- Mourinyo va Gvardiola milliarder, boshqalar esa millioner. So‘nggi 10 yillikda top-murabbiylar transferlar uchun qancha sarflagan?
Izoh (0)